Abu Bakr Muhammad Baladiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Muhammad Baladiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Qozi, muhaddis

Abu Bakr Muhammad Baladiy — (1111-yilda vafot etgan) Muhaddis va qozi boʻlgan.

Abu Bakr Muhammad Baladiy Nasaf shahrida tugʻilgan. Alloma haqida Samʼoniy shunday yozadi: "Bu kishi haqida Buxoro, Samarqand, Nasaf va Maymurgʻda menga 20dan ortiq kishi maʼlumot berdi. Nevaralaridan taxalluslarining mazmunini soʻradim. "Katta bobom Abu Nasp zamonlarida aksariyat ulamolar Nasafning qishloq va tumanlaridan edilar. Bobom esa shahar ahlidan boʻlganlar. Shuning u-n „Baladiy“ taxallusi bilan tanilganlar", deb javob berdi". Abu Bakr Muhammad Baladiyning bobosi mashhur qozi va muhaddis, nevarasi Abu Nasr Ahmad ibn Abduljabbor Baladiy esa Nasafning taniqli olimi boʻlgan. Samʼoniy undan taʼlim olgan. Abu Bakr Muhammad Baladiy 1111-yilda vafot etgan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Шамсиддин Заҳабий. Сияру аълами-н-нуба-ла. Ж.19. – Б. 30, 308; Самъоний. Ал-ансоб. Ж.1. – Б. 390; Ёқут Ҳамавий. Муъжаму-л-булдон. Ж.4. – Б. 484; Муҳаммадиев Н. Насаф ва Кеш алломалари. – Б. 32.