Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mutakallim

Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob — (850—915 yillar) mutakallim bo‘lgan.

Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob Basra moʻʼtaziliylarining peshvosi Ashʼariyning oʻgay otasi va murabbiysi. Jubba shahrida (Xuziston)da tug‘ilgan. Basrada Abu Yoqub Shaxxomdan taʼlim olgan, uning vafotidan (880—yildan) soʻng moʻtaziliya maktabining peshvosi sifatida ustozi oʻrnini egallagan. Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhobning asarlari saqlanib qolmagan. Umuman Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhobning qarashlari moʻtaziliylar anʼanasi ruhida boʻlgan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Islom ensiklopediyasi. — b. 85.