Abu Ahmad Qontariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Ahmad Qontariy (arabcha: ابو احمد القنطري — Abu Ahmad Qosim ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Maʼruf Nasafiy Qontariy) — faqih, muhaddis, adib va shoir.

Abu Ahmad Qontariy faqih, muhaddis, adib va shoir boʻlib, X asrda yashab oʻtgan. U yoshligidan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgana boshlagan.

Ustozi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ahmad Qontariy hadis ilmining sir-asrorlarini Muhammad ibn Yoqub Asm, Abdulmoʻʼmin ibn Xallaf, Abu Jaʼfar Jamol kabi Movarounnahr va Xurosonlik bir qancha allomalardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan. Abu Ahmad Qontariy Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Ibrohim Qalonisiy Nasafiy davrida Nasafda va keyinchalik bir qancha vaqt Chagʻoniyon va Ishtixonda qozilik qilgan[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ahmad Qontariy 388/997 yil, rabiʼ al-oxir oyining uchinchi kuni vafot etgan[2].

Rivoyat qilgan hadis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Abu Ahmad Qontariy tomonidan rivoyat qilingan quyidagi hadis keltirilgan: Abu Ahmad Qontariy: Bizga Bakr ibn Muhammad ibn Hamdon xabar berdi, dedi. U: Bizga Yusuf Attor hadis aytdi, dedi. U: Bizga Hasan ibn Hakm ibn Tahmon Hanafiy hadis aytdi, dedi. U: Bizga Doud ibn Abu Solih Laysdan, u esa Nofʼdan, u esa Ibn Umardan hadis aytdi, dedi. U: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „Erkak kishini oʻzaro koʻrishib (uchrashib) turgan ikki ayol orasidan oʻtmoqdan qaytardilar“, — dedi[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. 691, 692.
  2. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 60.
  3. Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. 237.