Abstraksionizm (oqim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Natalia Plachta Fernandes, Edges

Abstraksionizm (lot. abstractio - mavhumlik, noma’lumlik, uzoqlashish). 20-asrda avval tasviriy san’atda paydo boʻlib, keyin adabiyotga oʻz ta’sirini oʻtkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Ret-ner, Morris, M. Seyfer, P. Mondri-an, Paulo Klee va b. san’at borliqning emas, san’atkor his-tuygʻularining in’-ikosi degan gʻoyani ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuygʻu, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon boʻladi, shakl va mazmun bir-biriga singib ketadi, ya’ni an’anaviy tushunchadagi mazmun va shakl oʻz mohiyatini yoʻqotadi. A.ning ta’siri fransuz she’riyatida ayniqsa sezilarlidir. A. badiiy adabiyotda "antiroman" va b. koʻrinishlarda namoyon boʻlmoqda. A. oqimi namoyandalari "voqelikni inkor etish evaziga ruhiy voqelik" yaratmoqchi boʻladilar.50-y.larda A. san’atning "Belgilar san’ati", "iyerogliflar", "kalligrafiya" kabi ichki yoʻnalishlari paydo boʻldi. A. san’atga ma’lum bir uslubiy yangilik olib kelgan boʻlsada, taniqli mutafakkir va san’atkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, A. Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan asarning faqat voqelikka yopishib olgan asardan farqi yoʻq deb qaraydi. Kamyuning fikricha, san’at voqelik va san’atkor his-tuygʻulari oʻrtasidagi erkin va tabiiy uygʻunlashuvdan paydo boʻladi. Lekin A. san’at va uning tasvir usullari haqidagi tasavvurni boyitgani uchun ham qimmatlidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil