Kontent qismiga oʻtish

Absalomov Gʻiyos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Absalomov Gʻiyos
Tavalludi 12-mart, 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Mukofotlari

Absalomov Gʻiyos (1937-yil 12-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – mehnat faxriysi, „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ va „Oktyabr inqilobi“ mukofotlari sohibi[1].

Absalomov Gʻiyos 1937-yil 12-mart kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Otasi Gummar Vakkas kolxozda kombaynchi boʻlib ishlagan. U ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Absalomov Gʻiyos Paxtakor tumanidagi oʻrta maktablarning birida 10-sinfgacha oʻqib, duradgorlik bilan shugʻullangan. Bundan keyin u Chimkent shahridagi mashinalar zavodida faoliyatini boshlaydi. U yerda bosh hisobchi lavozimida ishlagan. 1956-yil Chimkent davlat kon-metallurgiya texnikumiga oʻqishga qabul qilinadi. U yerni 1960-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. 1961-yil Tojikiston SSRdagi „Adrasman“ uran qazib olish koniga ishga kiradi. Absalomov Gʻiyos 1963-yil ota-onasi yashagan Boshqirdistonga koʻchib oʻtadi. 1968-yilda Kamertau vertolyot zavodida mexanik sifatida faoliyatini damom ettirdi. Vertolyot zavodi oʻzining kichik zavodlarini ochishni boshlagan paytda, Absalomov Gʻiyos shu zavodlarning biriga rahbar etib tayinlanadi.

Absalomov Gʻiyos namunali xizmati va unga ishonib topshirilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarganligi uchun SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1974-yil 25-martdagi farmoniga asosan, „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ bilan mukofotlangan[2]. Ushbu mukofotni Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Boshqirdistondagi ijroiya qoʻmitasi kotibi Mixat Shakirov topshirgan. 1980-yil 15-iyuldagi SSSR aviatsiya sanoati vazirligining farmoniga asosan, Absalomov Gʻiyos „Mehnat sohasi fidoyisi“ mukofoti bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1982-yil 13-avgust kunidagi farmoniga binoan, Absalomov Gʻiyos „Oktyabr inqilobi“ ordeni bilan mukofotlangan.