Kontent qismiga oʻtish

Abruy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abruy (unvoni; qadimgi turkcha Ala, xitoycha Abo — katta maʼnosida, asl ismi — Toʻramon) (? — taxminan 585, Poykend) — kadivarlar qoʻzgʻoloni rahbari.

Baʼzi tarixchilarning fikricha, turk xoqoni Mugʻon (Muqon) bilan Sugʻd kanizagidan tugʻilgan shahzoda Toʻramonning unvoni Abo xoqon (fors. Abruy) boʻlgan. A. Sharqiy turk xoqonligidagi taxt uchun kurashlarda magʻlub boʻlgach, onasi, xotini, bolachaqasidan ajragancha, ozgina tarafdorlari bilan Zarafshon vohasiga qochib kelib qoʻzgʻolon koʻtargan. Buxoro aholisi A.ni Poykend shahri hokimi etib tayinlagan. Qoʻzgʻolon bostirilgach, A. qiynab oʻddirilgan[1].

  1. „Abruy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • Gumilev L. N., Drevniye tyurki. M., 1967.