Abel Tasman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

TASMAN (Tasman) Abel Yanszon (1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, okt., Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 yillarda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shim.da Yaponiyagacha suzib borib, Bonin o.ni kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. T. 1ekspeditsiyaning maqsadi boʻlgan "nomaʼlum jan. materik"ni izlash davomida VanDimen Yeriningjan. va sharqiy sohillarini (1853 yilda orol uning nomiga qoʻyilgan), Yangi Zelandiyaning gʻarbiy sohili, TriKings va Tonga o.lari, Fiji guruhidagi baʼzi orollarni topib xaritaga tushirgan. 2ekspeditsiya Karpentariya qoʻltigʻining jan. va gʻarbiy sohillari, Avstraliyaning shim.garbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan jan. materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligʻidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy o.dagi qoʻltiq, muzlik va boshqa geografik obʼyektlar T. nomi bilan atalgan.