Abdurrahim at-Tamimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrahim at-Tamimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 382-yil (hijriy 992-yil)
Vafoti milodiy 461-yil (hijriy 1068-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, hofiz va sayyoh

Abdurrahim ibn Ahmad ibn Nasr ibn Isʼhoq ibn Mazohim ibn G‘iyos ibn Amr at-Tamimiy al-Buxoriy (Abu Zakariyo) — Misrga kelib, shu yerda muqim yashagan. Muhaddis, hofiz va sayyoh bo‘lgan. U milodiy 382-yil (hijriy 992-yil) rabiulavval oyida tug‘ilgan. Mag‘ribu Mashriqda hadis tinglagan va o‘zi ham hadis aytgan. So‘ngra Misrda istiqomat qilgan va shu yerda hadis aytgan. Hofizlardan bo‘lgan. Havroda vafot etgan. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar: „Risolatu-r-rihlati va asbobuho“ (Rihlat va uning sabablari haqidagi risola), "Risola „Lo iloha illolloh va savobuho“" („Lo iloha illolloh“ kalimasi va uni to‘g‘ri aytish haqidagi risola), „Mushtabahu-n-nisbati“ („Shubhali nisbalar“) kitobida Abdulg‘aniy ibn Saiddan hadis aytgan. Abdurrahim at-Tamimiy milodiy 461-yil (hijriy 1068-yil) vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 21 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.