Abdurashid Abdugʻafurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdug‘afurov Abdurashid Xo‘jayevich — (1931.1.15, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filol. Fanlari d-ri (1970), prof. (1979). O‘rta Osiyo davlat universitetining filol. fakultetini tamomlagan (1951). O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-76; 1981-92), bo‘lim mudiri (1992-yildan). O‘zbekiston FA Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—81). A.ning o‘zbek mumtoz adabi-yotining muhim ilmiy-amaliy masala-lariga bag‘ishlangan „O‘zbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy sa-tirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijo-dida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografi-yalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Dav-lat mukofoti laureati (1992).As: Qalb qaʼridagi qadriyatlar, T., 1999; Muhammad Rizo Ogahiy, T., 1999.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil