Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon ibn Avf ziyoratgohi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurahmon ibn Avf ziyoratgohi
Joylashuv Surxondaryo viloyati, Angor tumani
Turi ziyoratgoh
Xarita

Abdurahmon ibn Avf ziyoratgohi — Surxondaryo viloyati Angor tumani Tallimaron qishlog'i Hayrabodtepa maskanida joylashgan ziyoratgoh.

Abdurahmon ibn Avf ziyoratgohi sahoba Abdurahmon ibn Avf nomi bilan bogʻliq. Manbalarda, Abdurahmon ibn Avf Fil voqeasidan oʻn yil keyin, taxminan 581-yilda Makkada tavallud topgani keltiriladi. Markaziy Osiyo hududida ham Abdurahmon ibn Avf nomi bilan bogʻliq bir nechta ziyoratgohlar mavjud. Masalan, Tojikistonning Asht tumanidagi Boboyi-ob ziyoratgohidan tashqari Shahriston va Hisor tumanlarida ham unga atab qadamjolar barpo etilgan. Abdurahmon ibn Avf nomi bilan bogʻliq ziyoratgohlarning paydo boʻlishining sababi uning musulmon dunyosida saxiyligi bilan mashhur boʻlganligidir.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara kvadrat shaklda qurilib, usti oʻqsimon gumbaz bilan yopilgan. Hozirgi memorial uslubda qurilgan maqbara Said ibn Abu Vaqqos nomi bilan ataladi va uning meʼmorchilik uslubi Oq Ostona bobo maqbarasiga oʻxshaydi.

Maqbara ikki xonali, oldi ayvondan iborat boʻlib, asosiy xona usti katta gumbaz bilan yopilgan. Maqbara oldidagi ayvonning ikkita kirish eshigi ustiga ikkita kichkinaroq gumbaz oʻrnatilgan. Maqbaraning ikkinchi xonasi ziyoratchilar uchun tilovat qilish va namoz oʻqiydigan joy vazifasini bajaradi. Maqbara ichida qabr boʻlib, bu sahoba sharafiga qoʻyilgan ramziy qabrdir. Ziyoratgoh atrofi katta mahalliy qabriston hisoblanadi.