Abdurahmon ibn Avf yurishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahmon ibn Avf yurishi
Sanalar Milodiy 627-yil (hijriy 6-yil)
Urush yeri Dumat ul-Jandal, Saudiya Arabistonining shimoliy qismi
Natija * Yurish muvaffaqiyatli yakunlangan, Banu Kalb jizya soligʻi toʻlashga rozi boʻlgan
* Banu Kalb qabilasi podshosi va yana bir qancha kishilar Islomni qabul qilgan
* Abdurahmon Banu Kalb podshosi qiziga uylangan[1][2][3]
Raqiblar
Abdurahmon ib Avf Al-Asbogʻ
Kuchlar
700 Nomaʼlum[2]

Abdulrahmon ibn Avf yurishi, shuningdek, Dumat ul-Jandalning ikkinchi gʻazoti (arabcha: سرية عبد الرحمن بن عوف إلى دومة الجندل)[1][2] hijriy 6-yilning 8-shaʼbon oyida (milodiy 627-yil dekabr) boʻlib oʻtgan. Abdurahmon ibn Avf Banu Kalb qabilasi ustidan gʻalaba qozonib, ularni Islomni qabul qilib, musulmonlar tarafiga oʻtkazish uchun yuborilgan va bu yurish muvaffaqiyatli yakunlangan[4][5][6].

Yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Abdurahmon ibn Avfni xalqni oʻziga jalb qilish uchun Dumat ul-Jandalga boshliq etib tayinlagan.

Abdurahmon 700 kishi bilan Fadakning Haybar yoʻlida joylashgan Dumat al-Jandalga yurish qilish uchun yoʻlga otlanadi. Bu joy oʻsha vaqtda yaxshi savdo markazi boʻlib, aholisi, asosan, nasroniylar boʻlgan va nasroniy podshosi tomonidan boshqarilgan. Dumat ul-Jandalga yetib kelgan Abdurahmon qabila ahlini 3 kun ichida Islomni qabul qilishga chaqirgan.

3 kunlik muddat ichida Banu Kalb qabilasining nasroniy boshligʻi al-Asbogʻ buyruqqa itoat qilgan, shu sababli boshqalar ham unga ergashgan[6]. Bundan tashqari, boshqa qabilalar ham Abdurahmonga jizya soligʻi toʻlaganlar. Muntazam ravishda jizya soligʻini toʻlashga kelishgan holda ularga nasroniylikni saqlab qolishga ruxsat berilgan[2].

Muhammad elchi orqali ushbu xabarni olib, Abdurahmonga nasroniylar boshligʻi al-Asbogʻning qizi Tamazirga uylanishni buyurgan. Shunda Abdurahmon nasroniy podshosining qizi Tumazir binti Asbogʻga uylangan va ayolini oʻzi bilan birga Madinaga olib kelgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, p. 395, ISBN 9789960899558 (online)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Muir, William (1861), The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, Smith, Elder & Co, pp. 11–12
  3. 3,0 3,1 Watt, W. Montgomery (1956).
  4. Abū Khalīl, Shawqī. Atlas of the Quran. Dar-us-Salam, 2003 — 242 bet. ISBN 978-9960-897-54-7. 
  5. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. 
  6. 6,0 6,1 Mufti M. Mukarram Ahmed. Encyclopaedia of Islam. Anmol Publications, 205 — 229 bet. ISBN 81-261-2339-7. Mufti M. Mukarram Ahmed (205).