Abdurahmon Sa’diy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahmon Saʻdiy
Tavalludi 1889-yil 27-mart
Vafoti 6-noyabr 1956-yil(1956-11-06)
(67 yoshda)
Samarqand
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi sharqshunos olim

Abdrahmon Saʼdiy (1889-yil 27-mart Ufa — 1956-yil 6-noyabr Samarqand) taniqli sharqshunos olim, tatar va oʻzbek adabiyoti tarixi boʻyicha mutaxassis.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yilda Ufa viloyati (hozirgi Boshqirdiston Respublikasining Salavatskiy tumani) Zlatoust tumanidagi Taymiy-Taymeyevo tatar qishlogʻida tugʻilgan. Troitsk madrasasida tahsil olgan, 1908-yilda Istanbul universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan. Qaytgandan keyin bir necha yil Aqtoʻbe va Olmaota maktablarida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1913-yildan boshlab muallim jandarmeriya nazorati ostida boʻlib, 1914-yilda Turkistonni tark etishga majbur boʻlgan[1].

A.Saʼdiy Yekaterinburgga koʻchib oʻtgan va dars berishda davom etgan. Shu bilan birga, u tatar adabiyotining turli masalalarini oʻrganishni boshlaydi va Orenburgdagi „Shura“ jurnalida chop etilgan bir nechta maqolalar yozadi.

1921-yildan Turkiston davlat universiteti va boshqa oʻquv yurtlarida ishlash orqali Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtgan. Shu yillarda u tatar adabiy tanqidiga oid koʻplab maqolalar yozgan, mahalliy va Qozon nashrlarida chop ettirgan. Bunday qimmatli mutaxassisni yoʻqotishni istamagan Galimjon Ibrohimov 1925-yilda uni Qozonga chaqirib, avval Tatar kommunistik universitetiga, soʻngra Sharq pedagogika institutiga ishga joylashtirgan. Aynan shu davrda Abdraxmon Saʼdiy oʻzining eng yaxshi adabiy asarlarini yozgan, kitoblari birin-ketin nashr etilgan. Ammo 1930-yilda hammasini tashlab, yana Oʻrta Osiyoga joʻnab ketadi va butun umrini oʻzbek adabiyoti tarixini oʻrganishga bagʻishlaydi[2].

Publistik ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Abdraxman Saadi, Istoriya tatarskoy literaturi (na tatarskom yaz.), Kazan, 1926

- Rabochaya kniga po rodnomu yaziku / sost. G. Davletshin, G. Sagdi, X. Xusni i dr. — Ufa: Bashkniga, 1929. — 53 s. (bashk. yaz.)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://nailtimler.com/people_page/people_17s/sagdiyev_gabdrakhman_gaynanovich.html
  2. „Кто есть кто: Габдрахман Сагди. Журнал «Татарстан», № 2, 2004 г.“. 2017-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-may.