Abduqahhor Zaparov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduqahhor Zaparov
Tavalludi 2-avgust 1955-yil (1955-08-02) (68 yosh)
Andijon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Andijon davlat universiteti
Taʼlimi Andijon davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Abduqahhor Abdumalikovich Zaparov (1955-yil 2-avgust, Andijon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqahhor Zaparov 1955-yil 2-avgustda Andijon tumani Nayman qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1973—1977-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti fizika fakultetida tahsil olgan. 1977—1983-yillarda shu institut oʻqituvchisi, 1983—1986-yillarda Rosiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti aspiranturasida oʻqigan. 1987—1991-yillarda Fanlar akademiyasi Umumiy fizika institutining Andijondagi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1991—2015-yillarda Andijon davlat universiteti Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Hozirda Andijon davlat universiteti Umumtexnika fanlari kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda dotsent, 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. Olim tomonidan 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar eʼlon qilingan, shundan 5 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 3 ta elektron darslik, 60 dan ortiq ilmiy maqolalardir. 2022-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE