Abdumo‘min Ro‘ziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdumo'min ro'ziyev
Tavalludi
Taʼlimi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti
Kasbi Iqtisodchi-geograf
Unvoni Fan doktori, professor

Abdumoʻmin Roʻziyev — Geografiya fanlari doktori, professor, Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi asoschisi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdumoʻmin Normurodovich Roʻziyev 1936-yil 18-iyunda Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, Sayrak qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni muvaffaqiyat bilan tamomlagach Oʻrta Osiyo Davlat universitetining (Oʻzbekiston Milliy Universiteti) geografiya fakultetiga oʻqishga kirgan. 1960-yilda universitetni iqtisodchi-geograf mutaxassisligi bilan yakunlagan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻziyev 1960-yildan 1963-yilga qadar SSSR Fanlar akademiyasi tasarrufidagi geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimida laborant va kichik ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ilmiy tadqiqot boʻlimida ishlash davomida yetuk olimlar A. N. Rakitnikov, K. I. Ivanov, Z. M. Akromovlardan maslahatlar olgan. Buning natijasida Roʻziyevda yangi soha hioblangan qishloq xoʻjalik geografiyasiga qiziqish uygʻongan. 1959-yilda Roʻziyev olimlar tomonidan uyushtirilgan „Surxondaryoning ishlab chiqarish kuchlarini oʻrganish“ nomli ilmiy ekspiditsiyada ishtirok etgan. Shu ekspiditsiyadan soʻng Roʻziyev Surxondaryo tabiati, yer osti boyliklari, ishlab chiqarishiga oid qator ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Roʻziyev „Surxon-Sherobod vodiysida qishloq xoʻjaligining joylashishi va rivojlanishi“ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyinchalik bu nomzodlik dissertatsiyasi kitobcha holida chop etilgan.

Qarshi Davlat pedagogika instituti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻziyev 1963-yilda Qarshi Davlat pedogogika institutiga talabalarga dars berish uchun chaqirilgan. 1963-yildan 1978-yilgacha institutda katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Termiz Davlat pedagogika instituti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻziyev 1978-yilda Termiz Davlat pedagogika instituti ish faoliyatini boshlagan. Institutda 1980-yildan 1983-yilgacha ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 1987-ylda „Oʻzbekiston SSR agrosanoat kompleksida teritorial sistemalar va ularni takomillashtirish yoʻllari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻziyevning Oʻzbek sovet va Katta sovet ensiklopediyalarida 59 ta maqolasi chop etilgan. Olim 12 ta monografiya va risolalar, 121 ta ilmiy va 120 ta ilmiy-ommabop maqolalar muallifi xisoblanadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://tersu.uz/struct/view/115
  2. Surxondaryo olimlari 1990, s. 22-23.