Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiy — roviy bo‘lgan.

Abu Muhammad Abdulmulk ibn Husayn ibn Abi Ahmad Matuiy Sahhok Yorkasiy Ustrushananing „Yorkas“ qishlogʻida tug‘ilgan. Keyinchalik Samarqandning „Nuqadu-l-ayn“ mahallasiga koʻchib kelib, shu yerda muqim yashagan. Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiy hadislarni Tohir ibn Muhammad Nadariy va Abu Bakr Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali ibn Tarxon vositasida Muhammad ibn Mohondan rivoyat qilgan. Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiydan esa Abulfath Muborak ibn Ismoil Termiziy rivoyat qilgan. Manbalarda Abdulmulk ibn Husayn Yorkasiyning tug‘ilgan yoki vafoti haqida birorta maʼlumot keltirilmagan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ataev M. Jizzax allomalari. — B. 69.