Abdulloh ibn al-Muborak al Marvaziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

118-181- hijriy yillarda tabaa tobeinlardan bo'lgan hofiz, taqvodor shoir Ibn al-Muborakning hayot iU Abdur Rahmon Abdulloh ibn al-Muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy al-Xurosoniy Xurosondagi tabaa tobeinlar pay g'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlari izdoshlarining zamondoshlaridan bo'lib, Abdulloh ning o'zi Xanzala qabilasiga tegishli joyi bo'lmasa ham, bu nisbatni otasi Muborak orqali olgan. Rivoyatlarga qaraganda, Abdullohning otasi Hamadon ahli dan bo'lgan Bani Xanzala qabilasi savdogarlaridan bir kishi ning xodimi bo'lgan. Abdulloh Hamadonga keladigan bo'lsa, uni otasi tufayli izzat-hurmat qilar edilar.Al-Marvaziy – Abdullohning tug'ilgan joyiga, yaʻni Xu roson poytaxti Marvga nisbat berilgan.O'z davrida Xuroson katta mamlakat bo'lib, chegaralarining avvali Iroqdan boshlanib, oxiri Hindistonda tugagan. Uning Nishopur, Hirot, Marv, Balx, Toliqon, Niso, Obivard, Saraxs kabi katta-katta shaharla ri bo'lgan. Ishonchli rivoyatlarga ko'ra Ibn al-Muborak 118 hijriy yili qadimiy Marvda tavallud topgan. Abdulloh ibn al-Muborakning otasi turk, onasi xorazmlik bo'lgan. Abdulloh ibn al-Muborakning tarjimai hollarida zavjai muhtaramalari haqida xabarlar yo'q. Kunyasi (laqabi) Abu Abdurahmon bo'lib, uning Abdurahmon ismli o'g'li bo'lganiga ishora qiladi. Lekin uning farzandlari haqida ham deyarli xabarlar yo'q. Al-Hokim Abdulloh an-Nishoburiy: “Ibn al-Muborak farzandli bo'lma gan”, degan maʻlumotni ham qoldirgan.

Maʻlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn al-Muborakning boshlang'ich taʻlimi haqida aniq maʻ lumotlar bo'lmasa ham u yoshligida puxta bilimga ega bo'lganiga shak-shubha yo'q. Xususan, sahobalarning (Alloh ulardan rozi bo'l sin) shogirdlaridan bo'lgan ulamolardan va Marvning shayxlari qo'lidaPayg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlari dan, hadisdan, Qurʼoni karimdan va arab tilidan anchagina ilm olishga erishgani maʻlum. Ibn al-Muborakning Soxir ismli do'sti uning quvvai hofi zasi (yod olish quvvati) nihoyatda kuchli ekani boshlang'ich madra sadayoq maʻlum bo'lgani to'g'risida hikoya qilib, shunday deydi: “Biz boshlang'ich madrasada tahsil olib yurgan bola edik. Bir kuni Ibn al-Muborak bilan xutba o'qiyotgan bir kishining yaqinidan o'tib borardik. U kishi uzun xutba o'qidi Ibn al-Muborak menga: “Men bu xutbani yodlab oldim”, dedi. Bu gapni o'tirganlardan bir kishi eshitib qolib: “Qani bir ay tib ber-chi”, dedi. Shunda u xutbaning bir harfini ham qoldir masdan yoddan aytib berdi. Ibn al-Muborak bu xutbani eshitgan zahotiyoq yodlab olgan edi.Otasi al-Muborak o'g'li Abdullohni sheʻrlar yodlashga undar va qiziqtirar edi. Ibn al-Muborak ilk bor hadis eshitgan olim – marvlik shayx yunus ibn Nofeʻ al-Xurosoniy edi. U qozi Gʻonim al-Marvaziy ning otasi edi (159 hijriy yilda vafot etgan). Hozirgi Qashqadaryo viloyatidagiMuborak tumani aynan shu ayliyoni nomlariga atab qo'yilgan.

Adabiyotlar;'' Uslub-ul Hyot ''kitobi; Doktor Abdulmajid al-Muhtasib. Tarjima qildi I.Rayhonov.