Abdulloh ibn Utba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ubaydulloh Abdulloh ibn Utba ibn Mas’ud al-Huzaliy al-Madaniy al-Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 693-yil (hijriy 74-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba, faqih, muhaddis

Abdulloh ibn Utba (arabcha: عبد الله بن عتبة — Abu Ubaydulloh Abdulloh ibn Utba ibn Mas’ud al-Huzaliy al-Madaniy al-Kufiy,? — 74/693, Kufa) — sahoba, faqih, muhaddis.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur sahoba Abdulloh ibn Mas’udning jiyani Abdulloh ibn Utba Payg‘ambarning vafotlari vaqtida juda kichik yoshda bo‘lgani manbalarda zikr qilingan. Baʼzi olimlar tomonidan tobeʼin deb hisoblangan Abdulloh ibn Utba Kufaning peshvo olimlaridan bo‘lgan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Undan ko‘p­lab hadis va fatvolar naql qilingan. Hadis rivoyatida siqa bo‘lgani xususida maʼlumotlar bor. Rasulullohdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivoyati bo‘lmagan Abdulloh ibn Utba, ko‘proq amakisi Ibn Mas’ud, Umar, Ammor va Abu Hurayralardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Madinaning mashhur yetti faqihidan (fuqahoi sab’a) biri bo‘lgan o‘g‘li Ubaydulloh, Omir ash-Sha’biy, Abu Ishoq as-Sabiiy va Muhammad ibn Siriynlar hadis rivoyat qilganlar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Utba Umarning xalifaligi davrida Madinada bozor nazoratchisi etib tayinlangan. U 66/685-yilda Kufada isyon chiqarib shaharni qo‘lga kiritgan Muxtor as-Saqafiy tomonidan Shurayhning o‘rniga qozi etib ta­yinlangan. Biroq qisqa vaqtdan so‘ng xastaligi sababli vazifadan ozod qilingan. Mus’ab ibn Zubayrning hokimligi davrida ham ikki yil (686-687-yillar) Kufada qozilik qilgan Abdulloh ibn Utba o‘sha yerda vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 58-59;
  2. At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. VI, 35, 118, 139;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 305-306;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 340;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 311;
  6. Vecdi Akyüz. „Abdullah b. Utbe“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 139.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.