Abdulloh an-Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh an-Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1310-yil (hijriy 710-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, mufassir, usul al-fiqh olimi va mutakallim

Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy al-Hanafiy (Hofizuddin Abulbarakot) — faqih, mufassir, usul al-fiqh olimi va mutakallim bo‘lgan. Abdulloh an-Nasafiy Jizzaxda milodiy 1310-yil (hijriy 710-yil)da vafot etgan[1].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Umdatu-l-aqoid fi-l-kalom“ („Kalom ilmidagi aqidalar asosi“) — ushbu asariga sharh ham yozib, uni „al-Eʼtimod“ („Tayanch“) deb atagan,
  • „Madoriku-t-tanzil va haqoiqu-t-taʼvil fi-t-tafsir“ („Tafsirdagi nozil bo‘lish va taʼvil haqiqatlarini anglash kitobi“)
  • „Manoru-l-anvor fi usuli-l-fiqh“ („Usul al-fiqhda yorug‘lik mayog‘i“)
  • „al-Kofiy fi sharhil-vofiy“ („Vofiy asariga kifoya qiluvchi sharh“)
  • „Kanzu-d-daqoiq“ („Nozik masalalar xazinasi“) — so‘nggi ikki asar hanafiy mazhabning furuʼ al-fiqhiga oid manbalardir
  • „al-Musaffo fi-l-xilof“ („Ixtiloflardagi musaffolik“)
  • „Sharhul-fiqhi-n-nofiʼ li Muhammad ibn Yusuf al-Husayniy“ („Muhammad ibn Yusuf al-Husayniyning manfaatli fiqh asariga sharh“)
  • „al-Mustasfo“ („Saralangan“) — as-Samarqandiyning „an-Nofiʼ fi furuʼi-l-fiqhi-l-hanafiya“ („Hanafiy mazhabi furuʼal-fiqhiga oid foydali kitob“) asariga yozilgan sharhdir
  • „al-Musaffo muxtasari-l-Mustasfo“ („Mustasfoga bitilgan muxtasar musaffo“)
  • „Sharhu manzumati Umar an-Nasafiy fi-l-fiqhi-l-hanafiy“ („Umar an-Nasafiyning hanafiy fiqhiga oid manzumasiga sharh“)
  • „Madorotu-t-tanzil va haqoiqu-t-taʼvil“ („Sababi nuzul va taʼvil haqiqatlarining ulanish nuqtasi“)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 17 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2. 



S