Abdulloh Nadim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh Nadim

Abdulloh Nadim (arabcha: عبد الله النديم) (1845–1896) – misrlik maʼrifatparvar, mutafakkir. Arablar ozodlik kurashining namoyandalaridan biri. Qohiradagi Al-Azhar madrasasida oʻqigan. 1980-yillarda Nadim taraqqiyparvar va vatanparvar ziyolilar bilan birgalikda inglizlar asoratiga qarshi kurashda faol qatnashgan, jurnallar nashr etib, mahalliy matbuotda xalqni kurashga chaqirgan. Bir qancha vatanparvarlar qatori Nadim ham oʻlim jazosiga hukm qilingan, lekin u qochib, 9 yil muhojirlikda taʼqib ostida yashagan. 1892-yilda unga Misrga qaytishiga ijozat berilgan, u yana jurnal va gazeta nashr qilib, inglizlarga qarshi oshkora targʻibot olib borgan. 1893-yil mamlakatdan yana quvgʻin qilingan. Umrining oxirgi yillarini Istanbulda oʻtkazgan va oʻsha yerda vafot etgan. Nadim 20 dan ortiq asar yozgan, uning ijodi va faoliyati arab maʼrifatparvarlari, mustaqillik uchun kurashchilarning keyingi avlodlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]