Abdullatif Husayn Omidiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdullatif Husayn Omidiy (XVI asrda yashagan) — Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlardan biri hisoblanadi. Xususan, u 1537-yilda „Lison ut-tayr“ dostonini ko‘chirgan. Hozirda bu qo‘lyozma Boku shahrida, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi qo‘lyozmalar institutida S310-raqami ostida saqlanadi. Hajmi 93 varaqdan iborat[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at", "Sharq" NMAK, 2016.