Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdula Rasulov 2024-yil
Abdula Rasulov 2024-yil
Tavalludi 1 yanvar, 1959 yil. Namangan shahar (Oʻzbekiston). 
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati O‘zbek
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (1985)
Ish joyi Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi
Ilmiy darajasi Tarix fanlar doktori
Ilmiy unvoni Professor

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasulov Abdulla Nuritdinovich 1959-yil 1-yanvarda Namangan shahri(OʻzSSR)da tugʻilgan.

1985-1987 yy. – Namangan davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi kabinet mudiri;

1990-1991 yy. – Namangan davlat universiteti „Umumiy tarix“ kafedrasi katta oʻqituvchisi;

1991-1992 yy. – Namangan viloyati Ijroiya qoʻmitasi sektor mudiri;

1992-2014-yillarda Namangan davlat universitetida katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, maʼnaviy-axloqiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2014-2015 yy. – Namangan davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori;

2015-2018 yy. – Namangan davlat universiteti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirda Namangan davlat universiteti „Tarix“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitet)ni tamomlagan.

1987-1990-yillarda Qozon davlat universiteti aspiranturasida oʻqib, „Oʻrtavolga mintaqasi partiya tashkilotlari, mehnatkashlarining Turkiston xalqlariga baynalminal yordami (1918-1924 yy.)“ mavzusida tarix fanlar nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.

1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida „Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar tarixi (1917-1924-yy.)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2009-yil professor ilmiy unvonini olgan.

Ilmiy asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

200 dan ortiq ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklar muallifi. Xususan, quyidagi monografiyalar chop etilgan:

„Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (Toshkent, 2005);

„Turkiston xalqi bagʻrikengligi“ (XX asr 20-yillari boshlarida Rossiyadan evakuatsiya qilingan bolalar misolida. Toshkent, 2011);

„Turkistonda ochlarga yordam koʻrsatish komissiyasi faoliyati“ (Hammualliflikda. Fargʻona, 2012);

„Turkiston va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (XX asr 20-yillari boshida Turkiston av Boshqirdiston xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro yordam va hamjihatlik misolida). (Toshkent, 2017);

Türkistan ve Idil-Ural xalklari arasibdaki ilişkiler (1917-1924) (Ankara, 2017);

„Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi tatarlar“ (Hammualliflikda. Toshkent, 2019);

Tatari v Turkestane na izlome epox. Nachalo XX veka (Kazan, 2021);

„Turkistonda musulmonlar masalasi“ (Toshkent, 2024);

„Rossiyada gʻayritabaa-musulmonlar“(Toshkent, 2024).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 ilmiy kengash raisi oʻrinbosari.

Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03.31.03.2021.Tar.05.05 ilmiy kengash aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyat tarixchilar jamiyati raisi.

Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzosi.[1]

[1]Oʻzbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi

[2] Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzolari

[3] NamDU Prospekti

  1. „O’zbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi“.
  2. „Namangan davlat universiteti Kengashi a’zolari“.
  3. „NamDU Prospekti“.