Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Joylashgan yeri
Abdulla Qodiriy
Toshkent viloyati
Toshkent shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, 100002,
Maʼlumot
Maktab turi Ijod maktabi
Asos solingan sanasi 2018-yil 3-dekabr
Direktor Hilola Nazirova
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Campuses 2
Website
Map
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi manzili xaritada.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktabi[1].

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

200 dan oshiq oʻquvchini qamrab olgan maktab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi „Buyuk oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuygʻularini yuksaltirish hamda yozuvchi tavalludining 125 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi farmoyishi bilan tashkil etilgan[2]. 2019-yil 26-dekabrdan boshlab, taʼlim muassasi oʻz binosiga ega boʻlgan. Maktab 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarni qabul qiladi[3][4].

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur ijod maktabining boshqa maktablardan farqli tomoni shuki, unda oʻquvchilarga ona tili, adabiyot va chet tillari chuqurlashtirib oʻrgatiladi. Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam mahorat darslari oʻtkazib kelinadi. Maktabda dramaturgiya, matnshunoslik, tarjimashunoslik, notiqlik sanʼati boʻyicha toʻgaraklar tashkil etilgan.

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasi, Abdulla Qodiriy istirohat bogʻi ichida joylashgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi - Portal PIIMA https://portal.piima.uz/uz/schools/presidental-schools/12 „Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi“].
  2. „Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ochildi“.
  3. [IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN ... https://portal.piima.uz/news/ijod-maktablari-2022-2023-o-quv-yili-uchun-qabul-e-lon-qiladi „Ijod maktablari uchun qabul 2022-2023“].
  4. „Abdulla Qodiriy ijod maktabi o'qivchilarni qabul qiladi“.
  5. „Abdulla Qodiriy ijod maktabi“.