Abdulkarim Buxoriy
Qiyofa
Abdulkarim Buxoriy (? — 1830) — Buxoro amirligida yashagan tarixchi, geograf, sayyoh.
1804-yil amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida boʻlgan. 1807-yil Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib boʻlib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan.
Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afgʻoniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, u „Tarixi Nadimiy“ nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer „Markaziy Osiyo tarixi“ deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |