Abdulkarim Andoqiy
| Abdulkarim Andoqiy | |
|---|---|
| Tavalludi |
400/1009 yil Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻi. |
| Vafoti |
481/1088 yil. |
Abdulkarim Andoqiy (arabcha: عبد الكريم الأنداقي) — faqih, roviy va soʻfiy.
Abdulkarim Andoqiy 400/1009 yili Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻida tavallud topgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim Andoqiy hadis va fiqh boʻlish bilan birga, komil insoniylik fazilatlarini oʻzida mujassam etgan. U nafaqat faqih sifatida, balki tasavvufning yirik namoyandasi va yirik olimi sifatida tanilgan. U katta-kichchik yoshdagi ilmu toliblarga turlicha taʼlim-tarbiya berish usulini qoʻllagan. Bu usul tariqatda katta maʼno-mazmunga ega hisoblangan.
Ustozi va ilmiy safarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim Andoqiy yirik tasavvuf olimi Imom Yusuf Hamadoniyning izdoshi boʻlgan. U Yusuf Hamadoniyning Xorazm va Bagʻdod safarlarida unga hamrohlik qilgan. Abdulkarim Andoqiyning nabirasi Hasan Andoqiy (460/1068-552/1157) ham tasavvuf olimi boʻlgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim Andoqiy 481/1088-yilda vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 73.