Abdulhaq Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abdulhaq Abdullayev
Haqiqiy ismiAbdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich
Tavalludi 30-dekabr 1918-yil(1918-12-30)
Turkiston
Mashhur suratlari Hovuz boʻyida
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq rassomi

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) – rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy a’zosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 – 36) va Moskva badiiy institutida (1938 – 41) ta’lim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan ("Hovuz boʻyida", 1932; "Yoz", 1937; "Doʻstim por-treti", 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, ma’naviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: "Abror Hidoyatov Otello roli-da" (1946), "Mannon Uygʻur" (1946), "Oy-bek" (1949), "Nazarali Niyozov" (1949), "Jiyan Shaxlo" (1959), "Komil Yashin" (1960), "Navoiy" (1973), "YO. Toʻraqulov" (1975), "O. Sodiqov" (1978) va boshqa; shu-ningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan ("Muallif por-4treti", 1937; "Muallifning qirgʻiz qalpok kiygan portreti", 1980; "Mu-allifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984 va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar ("Yomgʻirdan soʻng", 1954; "Bahor keldi", 1955; "Xumsonda", 1961 va boshqalar), natyurmortlar ("Olma", 1962; "Uzum va shaftoli", "Qovun bilan xandalak", 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957-yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu oʻlka manzaralari ("Tongda Tojmahal"), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda Oʻzbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish kilingan.Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kel-gan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va san’at muzeyida (1969), Oʻzbekiston san’at muzeyida (1980–84) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan (1998). Ad.: A. Abdullayev: Albom reproduksiy, T., 1983.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil