Kontent qismiga oʻtish

Abdulaziz Karim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulaziz Karim
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (51 yosh)
Toshkent shahri
Yo'nalishiEstrada
KasbiArtist
Faoliyat yillari1998-yildan
MukofotlariOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (mahrum qilingan)

Abdulaziz Karim (23-noyabr 1973-yil (1973-11-23) (51 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi[1]. 2005-yildan siyosiy taʼqiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan[2]. Sanʼat sohasidagi ustozi Toʻlqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi[1].

Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan[3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan[1]. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yoʻnalishida ijod qila boshlagan[1].

Abdulaziz Karimning „Uzun armonlar“, „Qurbon boʻlaman“, „Yagonam oʻzing“ qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan „Erkatoyim mani yoqimtoyim“ dueti xit darajasiga koʻtarilgan[2].

Mashhur taronalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdulaziz Karim ijodidagi qoʻshiqlar
T/R Qoʻshiq nomi Chiqqan yili
1. Qurbon boʻlaman -
2. Yonimda -
3. Gʻarib ogʻoch -
4. Uzun armonlar -
5. Nozli guloyim -
6. Xato -
7. Taxayyul tuni -
Abdulaziz Karim ijodidagi duetlar
T/R Qoʻshiq nomi Duetdoshi Chiqqan yili
1. Erkatoyim mani yoqimtoyim Rayxon Gʻaniyeva -