Abdulahad Nodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulahad Nodirov— 1875 yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Burkut qishloq soveti Turkpoyon qishlog‘idan, o‘zbek, 1933-yili quloqqa tortilgan. Hibsga olingunga qadar ruhoniy, imom, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, ig‘vogarlik, mag‘lubiyatchi targ‘ibot olib borganliqda, qamoqqa olingan troskiychilarni chet el davlatlarining qo‘llab quvvatlashi tufayli otib yubora olmaydilar hamda ichki qo‘zg‘olondan xavfsiraydilar,Germaniya, Yaponiya va Italiya birgaliqda Troskiy bilan sovet hokimiyatining katta hududini egallab oladilar va tez orada sovet hokimiyati halok bo‘ladi deb aytganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 145 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.