Abduhakim Norjigitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norjigitov Abduhakim (1936.16.1, Dashtobod sh.) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent ped. institutini tugatgan (1965). 1965— 77 yillarda Dashtobod shahridagi 25-maktabda fizika oʻqituvchisi, direktor oʻrin-bosari, direktor. 1977 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Yangiyer fi-lialida tayyorlov boʻlimi mudiri, 1979 yildan Zomin tumani 2- maktablararo oʻquv i.ch. k-ti direktori, 1989—2002 yillarda Zomin tumanidagi 39-maktabda oʻqituvchi. Ish faoliyati davomida zamon talabi darajasidagi fizika va agrofizika kabinetlar, fizika-mat, chuqur oʻrganiladigan sinflar tashkil etdi, tabakalashtirilgan test usulini qoʻlladi va ommalashtirdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil