Abduhafizboy madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Abduhafizboy madrasasi
Abdulhafizboy madrasasi
Hotam Hindu madrasasi
Hotam Xundi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Hamid Olimjon MFY, Soʻzangaron koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy
Homiylar Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy
Asosiy sana:
1910-yil
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Ayanchli ahvolga kelib qolgan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Abduhafizboy madrasasi (Abdulhafizboy madrasasi, Hotam Hindu madrasasi, Hotam Xundi madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa tarixiy hamda vaqf hujjatlarida Abduhafizboy[2] (Abdulhafizboy[3]) deb nomlangan. Hozirda esa, davlatning rasmiy hujjatlarida Hotam Hindu[1] yoki Hotam Xundi[4] nomlari ostida roʻyxatga olingan.

Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa 1910-yilda Buxoro amirligi poytaxtining Soʻzangaron guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[3].

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2013-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, tozalash, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash va konservatsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 30 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[4], hozirda inshoot holati ayanchli ahvolda qolib ketgan.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].

2020-yil maʼlumotlariga koʻra, madrasaning butligini saqlash, uning holatini yaxshilash, restavratsiya qilish hamda sayyohlar uchun jozibador obyektga aylantirish boʻyicha investor tomonidan loyiha taqdim etilgan. Madrasaning negizida turistik xizmat koʻrsatish obʼekti tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha tayyorlanib, Oʻzbekiston Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy-ekspert Kengashiga taqdim etilgan[5].

Buxoro shahridagi Hamid Olimjon MFYga qarashli Soʻzangaron nomli koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi tasvir
Madrasaning hozirgi holati

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-iyul, 2022-yil(2022-07-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]