Abdelaziz Jerad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdelaziz Djerad
عبد العزيز جراد

Djerad, 2020-yilda
Jazoir bosh vaziri
Mansab davri
28-dekabr 2019-yil – 30-iyun 2021-yil
Prezident Abdelmadjid Tebboune
Oʻtmishdoshi Sabri Boukadoum
Vorisi Aymen Benabderrahmane
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-fevral 1954-yil (1954-02-12) (70 yosh)
Xenchela, Fransus Jazoiri
Millati Jazoir bayrogʻi Jazoir
Siyosiy partiyasi Mustaqil
Alma mater
  • Algiers universiteti
  • Paris Nanterre universiteti
Kasbi
  • Professor
  • siyosatchi

Abdelaziz Jerad (arabcha: عبد العزيز جراد, 1954-yil 12-fevralda tugʻilgan)[1] 2019-yil 28-dekabrdan 2021-yil 30-iyungacha Jazoir bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan jazoirlik siyosatchi va diplomat[2].

Hayotining boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Djerad 1954-yil 12-fevralda Xenchelada tugʻilgan. 1976-yil Jazoir xalqaro aloqalari va siyosiy fanlari institutida (Institute of Political Sciences and International Relations of Algiers) bakalavr diplomini yoqlaganidan soʻng, u Paris Nanterre Universitetiga (Paris Nanterre University) oʻzining doktorantura diplomini yoqlash uchun boradi. U shuningdek Algiers universitetida (University of Algiers) siyosiy fanlar professori sifatida ishlaydi va bir necha kitoblar chop etadi[3].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yildan 2000-yilgacha Abdelaziz Jerad Jazoir xalqaro hamkorlik agaentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan[4].

Jerad Ali Kafi, Liamine Zeroual va Abdelaziz Bouteflika kabi Jazoir rahbarlarining qoʻl ostida ishlagan. Ammo 2003-yil Bouteflika davrida u chetlatilgan va oʻshandan beri sobiq prezidentning ochiq tanqidchisiga aylangan[5].

Bosh vazirlik davri (2019 — 2021-yillar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 28-dekabrda Jerad Prezident Abdelmadjid Tebboune tomonidan Jazoir bosh vaziri etib tayinlanadi[6] va unga shu zahoti hukumatni boshqatdan tuzish topshirigʻi yuklatiladi[7].

2019-yil 29-dekabrda u Brahim Bouzeboudjenni Vazirlar mahkamasi direktori va Mohamed Lamine Saoudi Mabroukni Bosh vazir devoni rahbari etib tayinlaydi[8].

Hukumat 2020-yil 2-yanvarda tayinlanadi[9].

2020-yil 13-yanvarda Prezident Tebboune Abdelaziz Jeraddan irqchilik, mintaqaviy jihatdan ajratish hamda nafratni ifodalovchi nutqlarning barcha shakllarini jinoyat deb hisoblovchi qonu tayyorlashni soʻradi[10]. 2020-yil oktyabrda Prezident Tebbouneda Covid-19 kasalligi aniqlanadi va u Germaniyaga davolanish uchun uchib ketadi. Bu vaqtda Jerad uning vazifalarini bajarib turadi[11]. 2020-yil 29-dekabrdan boshlab Prezident Tebboune oʻz vazifalarini davom ettiradi[12].

Jerad 2021-yil 24-iyunda 2021-yilgi Jazoir qonunchilik saylovidan soʻng isteʼfoga chiqdi[13]. Soʻng uning oʻrnini 2020-yildan beri Moliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Aymen Benabderrahmane egallaydi[14].

Bosh vazirlik davridan soʻng (2021 — hozirgi kun)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 5-sentyabrda Jerad Prezident Tebboune tomonidan Shvetsiyadagi elchi etib tayinlanadi[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hafiane, Badra „Le président Tebboune nomme Abdelaziz Djerad Premier ministre et le charge de former le gouvernement“. Algeria Press Service. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
  2. „Algeria names Abdelaziz Djerad as its new prime minister: State TV“. Al Arabiya (2019-yil 28-dekabr).
  3. „Tebboune nomme Abdelaziz Djerrad Premier ministre“. TSA [fr] (2019-yil 28-dekabr).
  4. Anonym „Algerian President names Abdelaziz Jarad as Prime Minister | tellerreport.com“ (en). www.tellerreport.com. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  5. „Who is Abdelaziz Djerad, Algeria’s new PM?“. The National (2019-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-iyul.
  6. „Algeria's president appoints academic, former diplomat as new PM“. Al Jazeera English (2019-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 21-iyul.
  7. „Algeria names new prime minister“. Reuters (2019-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
  8. Saci, Yasmine „Brahim Bouzeboudjen, Saoudi Mabrouk appointed respectively Director and Head of Prime Minister's Office“ (en-gb). www.aps.dz. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  9. „Algeria appoints new government amid political crisis“ (en). France 24 (2020-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  10. CHAFAI, Mohamed „Fight against hate speech: President Tebboune instructed Djerad to develop bill“ (en-gb). www.aps.dz. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.
  11. Rippin, Tara „Algerian President 'disappears' after flying to Germany for Covid treatment“ (en-GB). Euro Weekly News Spain (2020-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  12. „Algerian President Tebboune returns after Covid treatment in Germany“ (en-GB). BBC News (2020-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  13. „Algerian prime minister resigns following election results“ (en). www.aljazeera.com (2021-yil 24-iyun). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  14. „Algeria names finance chief Benabderrahmane as prime minister“. Reuters (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  15. „Algeria: Foreign affairs minister Lamamra prioritises diplomacy“ (en-US). The Africa Report.com (2021-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.