Abdel Rahman Swar al-Dahab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdel Rahman Swar al-Dahab
Tavalludi
Abdel Rahman Swar al-Dahab

1934-yil
Vafoti 2018-yil 18-oktabr
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Sudan
Faoliyat yillari 1985-yil 3-mart — 1985-yil 22-april
Partiyasi Sudan harbiy kuchlari
Unvoni 5-Sudan Prezidenti

Abdel Rahmon Suvar al-Dahab (boshqacha Suvar al-Dahab yoki al-Dahab nomi bilan tanilgan; 1934—2018-yil 18-oktyabr) (arabcha: عبد الرحمن سوار الذهب) 1985-yil 6-apreldan 1986-yil 6-maygacha Sudan Prezidenti.

Sudan Mudofaa vazirligi uning toʻliq ismi Abdul Rahmon Muhammad Hassan Svar Al Thahab sifatida ham roʻyxatga olgan[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Swar-Eldahab 1934-yilda Sudanning Omdurman shahrida tugʻilgan[2][3]. U Sudan Harbiy Akademiyasini tamomlagan, keyinroq Britaniya, AQSh, Misr va Iordaniyadagi harbiy ta’lim kurslarida qatnashgan. Oʻsha paytdagi prezident Gaafar Nimeiri 1984-yilda uni Bosh shtab boshligʻi, soʻngra Mudofaa vaziri va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni etib tayinlaganida u taniqli shaxsga aylandi[3].

1985-yilda u prezident Gaafar Nimeiri[4] ni hokimiyatdan agʻdarib tashlagan davlat toʻntarishini amalga oshirdi, natijada u oʻtish davri harbiy kengashining raisi boʻldi. Saylovlardan soʻng u hokimiyatni 1986-yilda davlat rahbari Ahmad al-Mirgʻoniy va bosh vazir Sodiq al-Mahdiy hukumatiga topshirdi[5].

1987-yilda Islomiy daʼvat tashkilotining raisi boʻldi[6][7].

2004-yilda Islomga qilgan xizmatlari uchun Qirol Faysal xalqaro mukofotini olgan. U 2018-yil 18-oktabrda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida sogʻligidagi muammolar sabablar tufayli vafot etdi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. mod.gov.sd archived link at Minister of Defence (Sudan).
  2. rulers.org
  3. 3,0 3,1 Biel, Melha Rout. Elite im Sudan: Bedeutung, Einfluss und Verantwortung (olmoncha). Peter Lang, 2008. ISBN 9783631571156. 
  4. „Sudan buries ex-president who imposed Islamic rule“. Daily News Egypt (31-may 2009-yil). 2012-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2010-yil.
  5. Sudan army cedes power. Anchorage Daily News (6-may 1986-yil), s. 39.
  6. „Al Dahab is Islamic Personality of the Year“. Khaleej Times. 19-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.
  7. Chief, Habib Toumi, Bureau. „Former Sudan president Al Dahab dies in Riyadh“. GulfNews (18-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.
  8. „Ex-Sudan president Al-Dahab dies age 83“. Middle East Monitor (18-oktabr 2018-yil).