Abbosov Abdulixat Umarovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbosov Abdulixat Umarovich
Tavalludi 30-sentyabr, 1929-yil
Vafoti 1996-yil 11-avgust
Moskva Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1950-yil-1958-yil
Dini Musulmon
Unvoni Kema komandiri
Mukofotlari

Abbosov Abdulixat Umarovich (30-sentyabr 1929-yil 11-avgust — 1996-yil) – Sovet harbiy suv osti kemasi va harbiy qoʻmondoni. Sovet Ittifoqi Qahramoni (16-dekabr 1981-yil), kontr-admiral (22-fevral 1983-yil)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbosov Abdulixat Umarovich 1929-yil 30-sentyabrda Nijniy Novgorod viloyatining Pilninskiy tumanida tugʻilgan. 1930-yilda uning oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. 1942-1945-yillarda kasb-hunar bilm yurtining ishab chiqarish korxonasida duradgor boʻlib ishlagan. 1946-yil maktabning 7-sinfini tugatib, 1947-yilda Leningradda joylashgan yosh radiometrlar maktabida oʻqigan. 1950-yilda Lelingrad dengiz flotini tayyorlov maktabini tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yilda harbiy dengiz floting oliy maxsus ofitserlik toifalarini tamomlab, shimoliy flotda suv osti kemalari kamandirlarining yordamchisi sifatida ish boshlagan. 1962-yilning dekabr oyida qurilgan K-123 yadroviy suv osti kemasining qoʻmondoni boʻlgan. SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 1981-yil 16-dekabrdagi farmoni bilan Abbosov Abdulixat Umarovich yangi xarbiy texnikalarni sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1979-yil sentyabr oyida "Harbiy-dengiz kuchlarini tayyorlash markazida oʻquv ishlar boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2]. 1983-yilning oktyabr oyiga kelib Abbosov Abdulixat shu markazni boshligi‘ lavozimiga tayinlandi. 1983-1988-yillarda harbiy dengiz kuchlarining jangovor tayyorgarlik boshqarmasing boʻlim boshligʻi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Abbosov Abdulixat Umarovich 1996-yil 11- avgustda vafot etgan va Moskvadagi Danilovskiy musulmonlar qabristoniga dafn etilgan[3].

Harbiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Leytenant (1954-yil 20-noyabr)
  • Katta leytenant (1956-yil 28-dekabr)
  • Leytenant komandiri (1958-yil 30-dekabr)
  • 3-darajali kapitan (1962-yil 2-dekabr)
  • 2-darajali kapitan (1969-yil)
  • 1-darajali kapitan (1969-yil 5-iyul)
  • Kontr-admiral(1983-yil 22-fevral)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Lure V. Podvodniki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Abbasov Abdulixat Umarovich. // Морской сборник. – 2008. – № 1. – S. 85—86.
  2. Pamyatnie dati. Yubiley „Visshey shkoli“ podvodnogo flota Rossii. // Морской сборник. – 2016. – № 6. – S.21-22.
  3. Moskovskiy nekropol Geroev. Tom 1. – M., 2011.