Kontent qismiga oʻtish

Abat Aymbetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abat Aymbetov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abat Kayratuly Aymbetov
Tavallud sanasi 7-avgust 1995-yil (1995-08-07) (28 yosh)
Tavallud joyi Kizilorda, Qozogʻiston
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Astana
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Aktobe
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2019 Aktobe 109 (21)
2020 Kairat 20 (10)
2021—2022 Krylia Sovetov 0 (0)
2021Astana (Ijara) 14 (6)
2022- Astana 15 (7)
Milliy terma jamoa
2014—2016 Qozogʻiston U21 17 (4)
2019- Qozogʻiston 19 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (3-iyun 2022-yil uchun)

Abat Kayratuly Aymbetov (talaffuzi: Abat Qayratuli Aymbetov) (1995-yil 7-avgustda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, „Astana“ va Qozogʻiston terma jamoasida oʻynaydi.

Aymbetov 2012-yilning 26-sentyabrida „Akjayik“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Aktobe“ safida Qozogʻiston Premyer-ligasida debyut qilgan[1]. 2020-yilning 27-yanvarida "Qayrat" klubi Aymbetov bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan va buni Aymbetov ham tasdiqlagan[2]. 2021-yil 21-fevralda Kriliya Sovetov jamaosi Aymbetov bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[3]. Aymbetovning oldingi jamoasi boʻlmish "Qayrat" klubi futbolchinig Rossiya jamoasiga oʻtishni oʻzi istaganini taʼkidlagan. Ammo Aymbetovning Rossiya Premyer Ligasidagi oʻyinlari koʻngildagidek chiqmagan va 2022-yilning 21-yanvarida uning „Krilya Sovetov“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan[4].

2021-yilning 2-aprelida „Astana“ Aymbetovni yozgi transfer oynasigacha „Krilya Sovetov“dan ijaraga olganini eʼlon qilgan va Aymbetov Qozogʻiston Premyer Ligasiga qaytgan[5]. 2021-yil 13-iyulda Astanaga berilgan ijara 2021-yil oxirigacha uzaytirilgan[6]. 2022-yilning yanvarida Turkiyada boʻlib turgan Aymbetov ilk mavsumoldi yigʻini uchun Astana jamosi tarkibiga kelib qoʻshilgan va jamoa bilan mashgʻulotlarga kirishgan[7].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aymbetov xalqaro maydonda Qozogʻiston terma hamoasi sharafini himoya qiladi. Uning Qozogʻiston terma jamoasidagi debyuti 2019-yilning 8-iyun kuni Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Oʻsha bahsda Aybetov Maksim Fedinning oʻrniga 66-daqiqada maydonga tushgan. Aymbetovga bahsda oʻzini koʻrsatishga vaqt yetmagan[8]. Qozogʻiston terma jamoasi oʻyinda Belgiya termaa jamosaidan magʻlubiyatga uchragan.

faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Aktobe 2012 Qozogʻiston Premyer Ligasi 6 0 3 0 0 0 0 0 9 0
2013 10 2 2 0 0 0 - 12 2
2014 13 0 3 1 4 1 0 0 20 2
2015 23 1 1 0 0 0 - 24 1
2016 2 0 1 0 0 0 - 3 0
2017 3 0 0 0 - - 3 0
2018 23 2 0 0 - - 23 2
2019 29 16 1 2 - - 30 18
Jami 109 21 11 3 4 1 0 0 124 25
Kairat 2020 Qozogʻiston Premyer Ligasi 20 10 0 0 2 0 - 22 10
Krliya Sovetov 2020—2021 Rossiya Futbol Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2021—2022 Rossiya Premyer Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 0 0 0 0 - - - - 0 0
Astana (Ijara) 2021 Qozogʻiston Premyer Ligasi 14 6 5 2 2 0 0 0 21 8
Astana 2022 Qozogʻiston Premyer Ligasi 15 7 2 1 2 0 - 19 8
Karyerada jami 158 45 18 6 10 1 0 0 186 51
Qozogʻiston
Yil Oʻyin Gol
2019 6 0
2020 6 2
2021 5 0
2022 2 2
Jami 19 4

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2020-yil 7-sentyabr Olmaota markaziy stadioni, Olmaota, Qozogʻiston  Belarus 1 — 1 1-2 2020—2021 UEFA Millatlar ligasi
2. 2020-yil 18-noyabr Olmaota Markaziy stadioni, Olmaota, Qozogʻiston  Litva 1 — 0 1-2 2020—2021 UEFA Millatlar ligasi
3. 2022-yil 3-iyun Astana Arena, Nur-Sulton, Qozogʻiston  Ozarbayjon 1 — 0 2-0 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi
4. 2 — 0
  1. „Aktobe v Akzhayik game report by Soccerway“. Soccerway (26-sentabr 2012-yil).
  2. „ОФИЦИАЛЬНО: АБАТ АЙМБЕТОВ – ИГРОК КАЙРАТА“ (ruscha). fckairat.com. FC Kairat (27-yanvar 2020-yil). 2020-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2020-yil.
  3. „Абат Аймбетов подписал контракт с Крыльями“ (ruscha). kc-camapa.ru/. PFC Krylia Sovetov Samara (21-fevral 2021-yil). Qaraldi: 23-fevral 2021-yil.
  4. „Абат Аймбетов покинул "Крылья Советов"“ (ruscha). PFC Krylia Sovetov Samara (21-yanvar 2022-yil).
  5. „Абат Аймбетов – футболист Астаны“ (ruscha). fcastana.kz/. FC Astana (2-aprel 2021-yil). Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
  6. „"Крылья Советов" отдали в аренду двух футболистов“ (ruscha). PFC Krylia Sovetov Samara (13-iyul 2021-yil).
  7. „Астана начала первые тренировочные сборы в Турции“ (ruscha). fcastana.kz/. FC Astana (14-yanvar 2022-yil). 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
  8. „Belgium v Kazakhstan game report“. UEFA (8-iyun 2019-yil).