A4Tech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
A4Tech
Turi Xususiy kompaniya
Ishga tushgan sanasi 1987
Joylashuvi  Xitoy Respublikasi, Taybey
Asoschi(lar)i Robert Cheng
Mahsulot(lar)i Klaviaturalar, sichqonchalar, veb-kameralar, akustika tizimlari, garnituralar, kompyuter uchun boshqa tashqi qurilmalar
Brendlar Bloody Gaming
Ishchilar soni Green Arrow Up Darker.svg4000
Vebsayti www.a4tech.com

A4TECH — Tayvan kompaniyasi[1], shaxsiy kompyuter uchun tashqi qurilmalar ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniya.

A4TECH 1987-yilda Robert Cheng tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning ilk faoliyati kompyuter sichqonchalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Keyinchalik esa mahsulotlar assortimenti kompyuterlarning boshqa turdagi tashqi qurilmalari bilan toʻldirilgan.

Tashkil etilgan paytdan to hozirgi kungacha kompaniya xususiy shaklda boʻlib kelgan. Egalari soni va ularning ustav kapitalidagi ulushlari oshkor etilmagan. Bundan tashqari, kompaniya foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, savdo maʼlumotlari va boshqa moliyaviy hisoblarni eʼlon qilmaydi. Biroq, kompaniyaning rasmiy veb-saytida 2010-yilda kompaniya 80 milliondan ortiq periferik qurilmalarni sotganligini koʻrsatadi (sovdo hajmi esa pul koʻrinishida koʻrsatilmagan).

Kompaniyaning mahsulotlari MDH mamlakatlari bozorlarida 1990-yildan beri mavjud. 2012-yilda Rossiya bozoridagi savdoda A4TECH, faqat Xitoydan ortda qolib, umumiy savdo hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi[2]. 2015-yildan boshlab, A4TECH yangi o'yin brendi - Bloody bilan o'z e'tiborini Shimoliy Amerika bozoriga qaratdi.

Mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompyuter uchun tashqi qurilmalari:

  • Klaviaturalar, sichqonchalar (simli, simsiz, Bluetooth modellari)
  • Veb-kameralar
  • Kompyuter uchun 2.0 va 2.1 formatidagi faol akustika tizimlari
  • Mikrofonli va mikrofonsiz garnituralar
  • Oʻyinchilar (geymerlar)ga moʻljallangan mahsulotlar

Bloody Gaming[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda A4Tech o'zining ikkinchi kompyuter o'yin brendini - Bloody Gamingni ishga tushirdi. Dastlabki mahsulotlar optik anjomlarni tashqi qurilmalarga, xususan, klaviatura va oʻyin sichqonlariga integratsiyalashga qaratilgan edi. Las-Vegasdagi CES (2018) koʻrgazmasida Bloody Light Strike texnologiyasining uchinchi (LK Libra deb nomlangan) avlodini taqdim etdi va 2018-yil fevraligacha oʻzining toʻliq yangilangan klaviatura portfelini ishga tushirdi.

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarish Xitoyning Dongguan tumanidagi ishchilar shaharchasida joylashgan:

  • Fenggan — ishlab chiqarish maydoni 100 000 m2
  • Humen — ishlab chiqarish maydoni 40 000 m2

Xodimlarning umumiy soni 4 ming kishiga yaqin. 200 ga yaqin muhandis yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

Umumiy ishlab chiqarish hajmi oyiga 3 milliondan ortiq qurilma[2].

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya tashkil topganidan beri uning doimiy va oʻzgarmagan rahbari Robert Cheng hisoblanadi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda A4TECH manipulyatorlari Rossiya Jahon kiber oʻyinlari finalining rasmiy manipulyatorlari edi[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A4TECH Official Website“. ru.a4tech.com. 14-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 „«Доступная Технология» A4Tech“. CNR.ru (ЗАО «СК Пресс») (2012). 28-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-mart 2014-yil.
  3. A4TECH Official Website“. ru.a4tech.com. 14-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2019-yil.
  4. „A4Tech на WCG 2010: определились официальные манипуляторы российского финала чемпионата“. Tom's Hardware (21-iyul 2010-yil). 22-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-mart 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]