Aʼrof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aʼrof (arab. –to‘siqlar) – islom manbalarida, xususan Qur’onda taʼriflangan jannat bilan do‘zax o‘rtasidagi joy. O‘zbek tilida aʼrof o‘rnida odatda „arosat“ istilohi ishlatiladi. Islom aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni jannatga ham, do‘zaxga ham tushmay o‘rtada qoladigan odamlar aʼrofda turadilar. Ular jannatda rohat qilayotganlarni ham, do‘zaxda azob tortayotganlarni ham ko‘rib, baʼzida gaplashib turadilar. Qur’onning 7-surasi aʼrof deb nomlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil