8-milya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
8-milya

Teatr posteri
Rejissyor(lar) Curtis Hanson
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Scott Silver
Rollarda
Bastakor(lar) Eminem
Kinematografiya Rodrigo Prieto
Muharrir(lar) Jay Rabinowitz
Craig Kitson
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 8-noyabr, 2002-yil(2002-11-08)
Davomiyligi 111 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz tili
Byudjeti 41 million AQSH dollari
Daromadi 242.9 million AQSH dollari

8-milya – 2002-yilda Scott Silver tomonidan yozilgan va Curtis Hanson rejissyori boʻlgan amerika drama filmi. Oʻzining kino debyutida Eminem Mekhi Phifer, Brittany Murphy, Michael Shannon, Anthony Mackie va Kim Basinger bilan birga rol oʻynaydi. Eminem hayotining avtobiografik elementlarini oʻz ichiga olgan film oq tanli reper B-Rabbit tahallusi bilan tanilgan qahramon Jimmy Smith Jr.(Jimmy Smith kichkina)ning Afrikalik amerikaliklar hukmronlik qilingan hip hop (musiqa janri) kareyerasini boshlashga urinishi haqida. Kino sarlavhasi- 8-milya (Michigan avtomagistrali,M-102)nomidan olingan boʻlib, asosan, qora tanlilar Detroyt shahri va Eminem dastlab yashagan shimoldagi oq tanli shahar jamoalari oʻrtasidagi avtomagistralning nomidan olingan.

„8-milya“ filmi tanqidiy fikrlarga uchragan va kassada muvaffaqiyat qozongan. Kino AQSHda chiqarilgan haftasining oʻzidayoq 51,3 million dollar va butun dunyo boʻylab jami 242.9 million dollar daromad qilgan. Film musiqasining asosiy qismiga aylangan Eminemning musiqiy albomi ham Recording Industry Association of America (Amerika Ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi) (RIAA) tomonidan toʻrtta platina sertifikatini qoʻlga kiritgan holda tijorat muvaffaqiyatiga erishgan[2]. Film koʻplab mukofotlar nomzodi va gʻolibi boʻlgan, jumladan, Academy Award for Best Original Song (Eng yaxshi original qoʻshiq uchun Akademiya mukofoti) Eminem, Jeff Bass va Luis Restoning „Lose Yourself“ musiqasi uchun 75th Academy Awardsda taqdim etilgan. 8-milya bir nechta nashriyot tomonidan 2002-yilning eng yaxshi filmlaridan biri deb topilgan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda Jimmy „B-Rabbit“ sahna nomi ostida ijrochi repper boʻlib shakllandi. Detroyt shimolida yashovchi kambagʻal oiladan boʻlgan Jimmy uning spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan onasi Stephanie, singlisi Lily va Stephaniening yigiti Greg trailer parkga koʻzib oʻtishadi. Garchi uning doʻstlari ragʻbatlantirsa-da, Jimmy oʻzining repper sifatidagi salohiyatidan qoniqmaydi. Bir kuni kechasi Jimmy mahalliy Shelterda rep jangi paytida boʻgʻilib qoladi va u masxara boʻlib, sahnani tark etadi.

Kun davomida Jimmy avtomobil zavodida ishlaydi. U moddiy yomon ahvolga tushib qoladi, zavoddan qoʻshimcha smenalar soʻraydi, lekin rahbari uning odatdagi ishga kechikishi tufayli iltimosini ochiqchasiga rad etadi. Keyinchalik u Alex ismli ayol bilan doʻstlashadi va hayotidagi qiynalayotgan muammolarga mas’uliyat bilan yondashishni boshlaydi.

Kun davomida Jimmy ishdaligida, Stephanie uydan koʻchirish haqidagi xabarnomani topib oladi. Koʻchirish haqidagi xabarni sir saqlashga urinishlariga qaramay, Greg buni bilib qolib, Stephanie bilan janjallashadi, Jimmy oyisi itarib yuborgan Greg bilan mushtlashishadi va bu Greg Stefanieni butunlay tark etishi bilan yakunlanadi.

Jimmyning Wink bilan doʻstligi Wink Jimmyning raqiblari „Leaders of the Free World“ (Erkin dunyo yetakchilari) nomi bilan tanilgan repper guruhga taniladi. Bir payt Jimmy va uning doʻstlari „Leaders of the Free World“ guruhi bilan mushtlashuv kelib chiqadi, Jimmyning doʻsti Cheddar ularga qurol bilan tahdid qilib, tasodifan oʻz oyogʻiga otib qoʻyadi. Kasalxonaga yotqizilib, hayoti saqlab qolinadi.

Ishdagi tushlik tanaffusida Jimmyning hamkasblaridan biri oʻzining hamkasbi Polni haqorat qilib, Polni gey ekanligini aytib, erkin rep ijro etadi. Jimmy Polni himoya qilish uchun erkin uslubda rep aytadi, bu esa olqishlarga szovor boʻladi, shundan keyin Jimmyning oʻziga boʻlgan ishonchi oshishni boshlaydi. Shu payt Alex ham repni eshitib, Jimmyning isteʼdodidan hayratda qoladi. Wink Jimmyga ovoz yozish studiyasida prodyuserlar bilan uchrashishni tashkil qiladi, ammo Jimmy Wink va Alexning jinsiy aloqada boʻlayotganini koʻrib qoladi. Gʻazablangan Jimmy Winkga hujum qiladi, Alex ularni ajratishga harakat qiladi. Qasos olish uchun Wink va „Leaders of Free World“ Jimmyga uning uyi tashqarisida hujum qilishadi. Guruh rahbari Papa Doc Jimmyni qurol ostida ushlab, uni oʻldirish bilan tahdid qiladi, lekin Wink uni bunday qilmaslikka koʻndiradi. Guruh Jimmyni oʻz holiga qoʻyishgandan soʻng, uning onasi bingo turnirida 3200 AQSH dollar yutib olib, uydan koʻchib ketmaslik uchun toʻlashga yetarli pul topadi.

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-milya kinofilmidan olingan va undan ilhomlanib yozilgan 8-milya musiqadir. Eminem albomdagi beshta qoʻshiqda ishtirok etadi. U Shady/Interscope nomi ostida Lose Yourself qoʻshigʻini chiqaradi va Eminemning AQSh tarixida birinchi musiqiy „Eminem“ nomini oʻrnatdi. Albom oʻsha yili AQShda Billboard 200 Albomlar jadvalida birinchi oʻrinni egalladi, 702 000 dan ortiq nusxa sotilgan va ikkinchi haftada yana 507 000 nusxa sotilgan. 2002 yilning eng koʻp sotilgan beshinchi albomi, bozorda bor-yoʻgʻi ikki oy boʻlganiga qaramay, AQShda 3,2 million sotilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „8 Mile“. British Board of Film Classification. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-yanvar.
  2. „Soundtrack, 8 Mile“ (en-US). 2022-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.