4-maktab (Qarshi shahri)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarshi shahridagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Joylashgan yeri
Qashqadaryo
Qarshi, Oʻzbekiston 180100
Maʼlumot
Asos solingan sanasi 1948-yil
Maktab raqami 4
Direktor Hilola Rajabova

Qarshi shahridagi 4-maktab – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi „Chaqar“ mahallasida joylashgan taʼlim muassasasi[1]. Maktab 1420 ta oʻringa moʻljallangan boʻlib, oʻquvchilar 2 ta navbatda tahsil olishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab 1948-yil ochilgan boʻlib, 4 ta oʻquv binosidan iborat[2]. 1975-yilda hamda 1985-yillarda maktab taʼmirdan chiqarilgan. „Tashabbusli byudjet“ loyihasi orqali 2022-yilda gʻolib deb topilib, maktabning derazalari, isitish tizimlari, tashqi va ichki qismini taʼmirlash uchun 1 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „QARSHI SHAHRIDAGI 4-SONLI MAKTAB“. Golden Pages. Qaraldi: 14-mart 2024-yil.
  2. „Qarshi shahar 4-maktab ziyonet sayti“. Ziyo Net. Qaraldi: 14-mart 2024-yil.
  3. „Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi qarori“. Openbudget.uz. Qaraldi: 14-mart 2024-yil.