Kontent qismiga oʻtish

2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida biatlon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida biatlon  — oʻnta biatlon musobaqasidan iborat boʻlgan. Ular Cesana-San Sicario arenasida boʻlib oʻtgan. Musobaqalar 2006-yil 11-fevralda boshlanib, 25-fevralda yakuniga yetgan. Tashkiliy qoʻmita tomonidan 6500 ga yaqin tomoshabin kutilgan. Ushbu oʻyinlarda biatlon musobaqalari erkaklar va ayollar uchun ochiq boʻlgan, ammo ular oʻz musobaqalarida turli masofalarda oʻyinlar oʻynashgan[1].

Unda 28 mamlakatdan erkaklar va 27 davlatdan ayollar ishtirok etish huquqini qoʻlga kirita olishgan. Hammasi boʻlib atigi yetti mamlakat medallarni qoʻlga kiritgan, Germaniya eng koʻp (5 oltin, 4 kumush, 2 bronza) medalni qoʻlga kiritgan. Bunda oltita biatlonchi 3 tadan medal qoʻlga kiritgan: Bular Albina Axatova, Kati Vilgelm, Martina Glagou, Maykl Greis, Ole Eynar Byorndalen va Sven Fisher. Greis jami uchta oltin medal bilan eng koʻp oltin medalni qoʻlga kitib tarixga kirgan[2].

2004—2005-yillardagi Xalqaro Biatlon Ittifoqi Millatlar Kubogi reytingida eng yaxshi 20 ta davlatga har bir musobaqa uchun toʻrtta biatlonchi va butun Olimpiya oʻyinlari uchun beshta biatlonchi tanlashga ruxsat berilgan. Eng yaxshi beshlik oltinchi biatlonchini zaxira sifatida yuborishi mumkin. 21-28-oʻrinlarni egallagan mamlakatlar (ayollar uchun 27-oʻrin) koʻpi bilan bitta biatlonchi yuborishi mumkin. Agar eng yaxshi 28 davlat oʻz kvotasini toʻldirmasa, boshqa davlatlar biatlonchilarni joʻnatishlari mumkin emas. Ushbu cheklovlar har bir jinsga nisbatan qoʻllanadi, shuning uchun erkaklar va ayollar roʻyxatida birinchi 20 talikka kirgan mamlakatlar besh erkak va besh ayolni yuborishi mumkin. Barcha arizalar 2006-yil 30-yanvargacha tashkiliy qoʻmitaga topshirilishi kerak boʻlgan.

Quyidagi jadvalda erkaklar musobaqalarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan 28 mamlakat va ayollar musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan 27 mamlakat roʻyxati keltirilgan:

Daraja Erkaklar Ayollar Daraja Erkaklar Ayollar
1  Norvegiya (NOR)  Rossiya (RUS) 15  Estoniya (EST)  Yaponiya (JPN)
2  Germaniya (GER)  Germaniya (GER) 16  Sloveniya (SLO)  Ruminiya (ROU)
3  Rossiya (RUS)  Norvegiya (NOR) 17  AQSh (USA)  Finlandiya (FIN)
4  Fransiya (FRA)  Fransiya (FRA) 18  Slovakiya (SVK)  Kanada (CAN)
5  Avstriya (AUT)  Xitoy (CHN) 19  Kanada (CAN)  Moldova (MDA)
6  Belarus (BLR)  Belarus (BLR) 20  Yaponiya (JPN)  Latviya (LAT)
7  Shvetsiya (SWE)  Sloveniya (SLO) 21  Buyuk Britaniya (GBR)  Shvetsiya (SWE)
8  Ukraina (UKR)  Chexiya Respublikasi (CZE) 22  Xitoy (CHN)  Qozogʻiston (KAZ)
9  Chexiya Respublikasi (CZE)  Bolgariya (BUL) 23  Qozogʻiston (KAZ)  Litva (LTU)
10  Polsha (POL)  Italiya (ITA) 24  Bolgariya (BUL)  Estoniya (EST)
11  Italiya (ITA)  Slovakiya (SVK) 25  Litva (LTU)  Buyuk Britaniya (GBR)
12  Shveysariya (SUI)  Ukraina (UKR) 26  Avstraliya (AUS)  Bosniya va Gersegovina (BIH)
13  Latviya (LAT)  Polsha (POL) 27  Ruminiya (ROU)  Avstriya (AUT)
14  Finlandiya (FIN)  AQSh (USA) 28  Vengriya (HUN)

Medallar qisqacha xulosasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻttiz yettita raqobatchi davlatdan yettitasi barcha medallarni qoʻlga kiritgan. Boshqa mamlakatlardan ikki baravar koʻp medallar bilan Germaniya birinchi oʻrinni egallagan.

OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1 Germaniya (GER)54211
2 Rossiya (RUS)2125
3 Fransiya (FRA)2024
4 Shvetsiya (SWE)1102
5 Norvegiya (NOR)0336
6 Polsha (POL)0101
7 Ukraina (UKR)0011
Jami (7 davlat)10101030

Erkaklar Musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Event Oltin Kumush Bronza
Individual
batafsil
Michael Greis
 Germaniya
54:23.0 Ole Einar Bjørndalen
 Norvegiya
54:39.0 Halvard Hanevold
 Norvegiya
55:31.9
Sprint
batafsil
Sven Fischer
 Germaniya
26:11.6 Halvard Hanevold
 Norvegiya
26:19.8 Frode Andresen
 Norvegiya
26:31.3
Pursuit
batafsil
Vincent Defrasne
 Fransiya
35:20.2 Ole Einar Bjørndalen
 Norvegiya
35:22.9 Sven Fischer
 Germaniya
35:35.8
Mass start
batafsil
Michael Greis
 Germaniya
47:20.0 Tomasz Sikora
 Polsha
47:26.3 Ole Einar Bjørndalen
 Norvegiya
47:32.9
Relay
batafsil
 Germaniya (GER)
Ricco Groß
Michael Rösch
Sven Fischer
Michael Greis
1:21:51.5  Rossiya (RUS)
Ivan Tcherezov
Sergei Tchepikov
Pavel Rostovtsev
Nikolay Kruglov, Jr.
1:22:12.4  Fransiya (FRA)
Julien Robert
Vincent Defrasne
Ferréol Cannard
Raphaël Poirée
1:22:35.1

Ayollar voqealari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Event Oltin Kumush Bronza
Individual
batafsil
Svetlana Ishmouratova
 Rossiya
49:24.1 Martina Glagow
 Germaniya
50:34.9 Albina Akhatova
 Rossiya
50:55.0
Sprint
batafsil
Florence Baverel-Robert
 Fransiya
22:31.4 Anna Carin Olofsson
 Shvetsiya
22:33.8 Lilia Efremova
 Ukraina
22:38.0
Pursuit
batafsil
Kati Wilhelm
 Germaniya
36:43.6 Martina Glagow
 Germaniya
37:57.2 Albina Akhatova
 Rossiya
38:05.0
Mass start
batafsil
Anna Carin Olofsson
 Shvetsiya
40:36.5 Kati Wilhelm
 Germaniya
40:55.3 Uschi Disl
 Germaniya
41:18.4
Relay
batafsil
 Rossiya (RUS)
Anna Bogaliy-Titovets
Svetlana Ishmouratova
Olga Zaytseva
Albina Akhatova
1:16:12.5  Germaniya (GER)
Martina Glagow
Andrea Henkel
Katrin Apel
Kati Wilhelm
1:17:03.2  Fransiya (FRA)
Delphyne Peretto
Florence Baverel-Robert
Sylvie Becaert
Sandrine Bailly
1:18:38.7

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻttiz yetti mamlakat biatlonchilarni musobaqalarda ishtirok etishgan. Quyida raqobatchi davlatlar roʻyxati keltirilgan; qavs ichida milliy raqobatchilar soni.  

  1. „Torino 2006 Official Report - Biathlon“. Torino Organizing Committee. LA84 Foundation (2009-yil mart). 2012-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-sentyabr.
  2. „Biathlon at the 2006 Torino Winter Games“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.