Sven Fischer
Sven Fischer | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
16-aprel 1971-yil Schmalkalden, Thuringia, Germaniya |
Sport | |
Qaysi sport | Biatlon |
Klubi | WSV Oberhof 05 |
Sven Fischer (1971-yil 16-aprelda tugʻilgan) — sobiq nemis biatlonchisi. U WSV Oberhof 05 klubida mashgʻulot oʻtkazgan va unga Frank Ullrich va Fritz Fisher (milliy murabbiylar) va Klaus Sibert (klub murabbiyi) murabbiylik qilgan. 2006—2007-yilgi biatlon mavsumidan soʻng u nafaqaga chigan[1].
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fischer boʻyi 1.85 m va ogʻirligi 85 kg, Tyuringiyaning Shmalkalden shahrida (avvalgi Sharqiy Germaniya) tugʻilgan. Uning yengil atletika boʻyicha steʼdodi erta kashf etilgan va uchinchi sinfdayoq u haftasiga uch marta BSG Werkzeugkombinat sport klubida mashgʻulot oʻtkazgan. Beshinchi sinfda oʻz yoshi toifasida tuman chempioni boʻlgan.
1983-yil sentyabr oyida Kinder-und Jugendsportschule (KJS) maktab-internati uni biatlon boʻyicha yoshlar stipendiyasiga qabul qilgan. 1989-yilda imtihondan soʻng armiyaga sport oʻqituvchisi boʻlish uchun oʻqishga kirgan. Germaniyaning qayta birlashishi va Berlin devorining qulashi va keyinchalik Sharqiy va Gʻarbiy Germaniya armiyalarining birlashishi uni 1990-yilda armiyani tark etishga majbur qilgan.
Fischer Xolmenkollen changʻi festivalida sakkizta biatlon gʻalabasiga ega, uchtasi yakkalik (1995-yil, 1999-yil va 2004-yillar), ikkitasi sprintda (1995-yil, 1999-yil), ikkita esa taʼqib qilishda (2002-yil, 2004-yil) va bittasi ommaviy startdagi (2001-yil) gʻalabalardir.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fischer ikki marta (1996—1997-yil va 1998—1999-yil) Jahon kubogini yutgan, ikki marta ikkinchi (1993—1994-yil va 2004—2005-yil) va uch marta uchinchi (1995—1996-yil, 1997—1998-yil va 1999—2000) boʻlgan. 2004—2005-yilgi mavsumda Fisher Jahon kubogida atigi oʻn bir ochko farq bilan ikkinchi boʻlgan, agar u yilning soʻnggi poygasida qatnashganida, katta ehtimol bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlar edi, ammo sovuq tufayli uni oʻtkazib yuborishga toʻgri kelgan.
Biatlon natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[2].
Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
8 ta medal (4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)
Musobaqa | Yakkalik | Sprint | Taʼqib qilish | Ommaviy start | Estafeta |
---|---|---|---|---|---|
![]() |
Bronza | 7 | Oltin | — | — |
![]() |
16 | 29 | Oltin | — | — |
![]() |
29 | Kumush | 12 | Kumush | — |
![]() |
17 | Oltin | Bronza | 17 | Oltin |
- *Taʼqib qilish musobaqa sifatida 2002-yilda qoʻshilgan, ommaviy start esa 2006-yilda qoʻshilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Schwarzbach, Stefan. „The end of an exceptional career: Sven Fischer retires“. International Biathlon Union (7-may 2007-yil).
- ↑ „Sven Fischer“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. Qaraldi: 18-may 2015-yil.