Ole Einar Bjørndalen
Ole Einar Bjørndalen | |
---|---|
| |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1974-yil |
Tavallud yeri | Drammen, Norvegiya |
Boʻyi | 1.79 m[1] |
Ole Einar Byorndalen (1974 yil 27 yanvarda tugʻilgan) — isteʼfodagi norvegiyalik professional biatlonchi va murabbiy, koʻpincha „Biatlon qiroli“ deb ham keltrilgan. 13 ta Qishki Olimpiya oʻyinlari medali bilan u koʻp medal sohibi boʻlganlar roʻyxatida 15 medalni qoʻlga kiritgan Marit Byorgendan keyin ikkinchi oʻrinda turadi[2]. U, shuningdek, biatlon boʻyicha jahon chempionatida barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli biatlonchisi boʻlib, 45 medalni qoʻlga kiritgan, bu Martin Fourcadedan tashqari (95) boshqa biatlonchilardan ikki baravar koʻp hisobanadi[3]. Byorndalen biatlon boʻyicha Jahon kubogi gʻalabalari boʻyicha barcha vaqtlarda birinchi oʻrinni egallagan, bu natija Fourcadedan ikki baravar koʻp farq bilan amalga oshirilgan. U 1997—1998-yil, 2002—2003-yil, 2004—2005-yil, 2005—2006-yil, 2007—2008-yil va 2008—2009-yillarda olti marta umumiy Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
16 yoshida Byorndalen oʻzining sport faoliyatini Geilodagi sport akademiyasida davom ettirish uchun uyini tark etga, u yerda dastlab changʻi sporti va biatlon boʻyicha muntazam mashq qilgan, biroq u yerda bir yil oʻtgach, u bor kuchini otish mashgʻulotlariga eʼtibor qaratishga qaror qilgan[4].
1993-yilda, 19-yoshida, Byorndalen birinchi marta biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mumkin boʻlgan 4 ta oltin medaldan 3 tasini qoʻlga kiritish orqali eʼtiborga tushgan, bu esa boshqa musobaqalar qatorida Norvegiyani 1994-yilgi Olimpiadada taqdim etish uchun tanlanishiga olib kelgan. Yuqori natijalar koʻrsatgan biatlonchi Eirik Kvalfoss bilan bir davrada yetib kelgan. Ushbu oʻyinlarda Byorndalenning eng yaxshi marrasi sprintda 28-oʻrin boʻlgan[4].
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Byorndalen Simostranda fermasida oʻsgan, besh farzandning toʻrtinchisi: uning ukalaridan biri biatlonchi Dag Byorndalen. Ikkala aka-uka ham 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida erkaklar estafetasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Norvegiya terma jamoasi aʼzosi boʻlishgan[4].
Byorndalen Avstriyaning Obertilliach qishlogʻida yashagan. U shuningdek, Italiyaning Toblach shahrida italyan-belgiyalik biatlonchi Natali Santer bilan birga yashagan. Ular 1998-yilda uchrashishni boshlaganlar va 2006-yil 27-mayda turmush qurishgan. 2012-yil 4-oktyabrda ular oʻzaro rozilik asosida ajrashish uchun ariza berishgan.
Biatlon natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan.
Qishki Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
13 ta medal (8 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza)
Musobaqa | Yakkalik | Sprint | Taʼqib qilish | Ommaviy start | Estafeta | Aralash rele |
---|---|---|---|---|---|---|
![]() |
36 | 28 | 7 | — | — | — |
![]() |
7 | Oltin | Kumush | — | — | — |
![]() |
Oltin | Oltin | Oltin | Oltin | — | — |
![]() |
Kumush | 11 | Kumush | Bronza | 5 | — |
![]() |
Kumush | 17 | 7 | 27 | Oltin | — |
![]() |
33 | Oltin | 4 | 22 | 4 | Oltin |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ole Einar Bjørndalen“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
- ↑ „Bjorndalen sets Winter Olympics medal record“. UPI (19-fevral 2014-yil). Qaraldi: 19-fevral 2014-yil.
- ↑ „World Cup Biathlon Victories: How Many for Ole?“. IBU (3-dekabr 2015-yil). 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-dekabr 2015-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 "Ole Einar Bjørndalen". Encyclopædia Britannica. 14 March 2018. https://www.britannica.com/biography/Ole-Einar-Bjorndalen. Qaraldi: 3 April 2018.