Kontent qismiga oʻtish

1000 soʻmdan, akajonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1000 soʻmdan, akajonlar – tilanchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi 6 yoshli Bozorvoy Joʻraqulov tomonidan aytilgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalib ketganligi sababli xalq orasida keskin tanqid va munozaralarga sabab boʻlgan jumla[1][2].

Avtomobil bozorida „1000 soʻmdan, akajonlar. Iltimos sizlardan, akajonlar. Yordam qilinglar, yordam…“ deb tilanchilik qilib yurgan Bozorvoyning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Video ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida koʻplab munozaralarga sabab boʻldi. Bozorvoyning ushbu soʻzlari DJlar tomonidan hayp-trekka aylantirildi[3]. Bu voqeadan soʻng esa Bozorvoy ushbu qoʻshiq bilan Nodirbek Hayitovning (Nodir Loʻli) 2023-yilda Xalqlar doʻstligi saroyida bergan „Erkakcha yolgʻon“ nomli konsert dasturida ham chiqish qildi[4]. Bozorvoy Joʻraqulov „Mening yurtim“ telekanalining „Amirxon Umarov shousi“ teledasturiga ham mehmon sifatida taklif qilindi. Shouda bergan intervyusida taʼkidlashicha, tarqalgan videolar va qoʻshiqdan uning jahli chiqqan[5].

Ushbu holatlar yuzasidan jahli chiqqan oʻzbek aktyori Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga oʻzining noroziligini bildiruvchi videomurojaat joyladi[2]. Murojaatda u oʻzbek sanʼati jarga qulab borayotgani, xalq esa oʻzbek maqomlari, milliy musiqalarimizni oʻrniga „When I Was King?“, „Ming soʻmdan, akajonlar“ kabi saviyasiz musiqalarni tinglayotganini gapirib, oʻzbek sanʼatini bundan ham past saviyada tasavvur qila olmasligini aytgan[6].