,,O‘zbekenergo” AJ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„O‘zbekenergo“ AJ
Turi ommaviy kompaniya
Ishga tushgan sanasi 2001-yilda
Joylashuvi  Oʻzbekiston, Тoshkent
Rahbariyat Boshqaruv raisi — U. Мustafoyev (14.06.2017 dan beri), F. Salomov (09.2016-06.2017), I. Bosidov (12.2012-09.2016)
Sanoat elektroenergetika sanoati (XSST: 3510) issiqlik energetikasi (XSST: 3530)
Maxsulot Elektr va issiqlik energiyasi
Vebsayti uzbekenergo.uz

"Oʻzbekenergo" AJ (oʻzbekcha: «O’zbekenergo» AJ) — davlat aksiyadorlik jamiyati (DJ), 2001-yilda ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan, tarkibiga koʻmir sanoati korxonalari kiritilgan.

Oʻzbekistonda elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvati 14,1 million kVt dan oshadi. Bu raqam butun Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining qariyb 50 foizini tashkil qiladi.

2017-yilda issiqlik elektr stansiyalarida 52,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 7,3 million Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi, bu esa mamlakat iqtisodiyoti va aholisining talabini toʻliq qondirmoqda[1].

,,Oʻzbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli gidroelektr stansiyalarida yilning suvlilik darajasiga qarab qariyb 6,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi[2].

Kompaniya tarkibiga 49 ta korxona, shu jumladan 36 ta aksiyadorlik jamiyati, 6 ta unitar korxona, 7 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning filiali — Energosotish (Energosbit) kiradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Barki Tojik
  • Turkmanenergo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АО «Узбекэнерго»“. 7-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2018-yil.
  2. „Узбекистан к 2025 году построит четыре крупных ГЭС“. 9-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2019-yil.