Kontent qismiga oʻtish

№ 94-oʻrta maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
№ 94-oʻrta maktab
Fayl:797977.JPG
Joylashgan yeri
Oqsuvkent, Qozogʻiston
Maʼlumot
Diniy mansublik Hech qanaqa
Asos solingan sanasi 1995-yil
Asoschi Nurov Maʼmur
Direktor Nurov Maʼmur
Til oʻzbek

№ 94 oʻrta maktab — Qozogʻistonning Oqsuvkent qishlogʻida joylashgan maktab. Maktab 1995-yili ochilgan.

Dars programmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻquvchilar birinchi sinfga 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Qozogʻistondagi va boshqa MDH mamlakatlarida ham boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (chet tilidan tashqari).

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, joʻgʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. № 94-oʻrta maktabda darslar oʻzbek tilida oʻtiladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar rus, qozoq va ingliz tillarini ham oʻrganishadi.

Qozogʻistondagi boshqa maktablarga oʻxshab № 94-oʻrta maktabda ham ikki smenada darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchilar soni koʻpligidir.

Maktab yili 1-sentabrdan keyingi yil may oyining oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar oʻzlashtirishi 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, −5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.