Yandeks xaritalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Яндекс.Картыdan yoʻnaltirildi)
Yandeks xaritalari
Яндекс.Карты logosi
Asl nomi Яндекс.Карты
Joriy holati faol, rivojlanmoqda
Sayt turi veb xarita
Qaysi tillarda Koʻp tilli
Muassisi Yandex
URL yandex.uz/maps

Yandeks xaritalari (ruscha: Яндекс Карты) - Yandex kompaniyasi tomonidan yandex.uz/maps manzilida bepul taqdim etilgan axborot-qidiruv kartografik xizmat. 2004-yilda ishga tushirilgan. Xizmatda butun dunyoning batafsil xaritasi keltirilgan. Xarita bo'yicha qidiruv va marshrut tuzish imkoniyatlari bor. Dunyoning bir qator mamlakatlari va MDH, shu jumladan Oʻzbekiston uchun ham, kompaniya har ikki haftada yangilanib boruvchi, faqat oʻzining xaritasidan foydalanadi.

Imkoniyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xaritalar toʻrt xil koʻrinishda mavjud: sxemalar, sun'iy yoʻldosh suratlari, sun'iy yoʻldosh suratlari yozuvlar va shartli belgilar bilan (gibrid) va xalq xaritasi.

Yandeks xalq xaritasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Яндекс.Народная карта (rus. Tarj. Yandeks xalq xaritasi) orqali uy, bino va tashkilotlarni xaritaga qoʻshish imkoniyati foydalanuvchilarga berilgan. Tekshirishlardan soʻng ma'lumotlar Yandeks xaritalaridan joy egallaydi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]