OpenStreetMap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Openstreetmap logo.svg

OpenStreetMap (qisqacha OSM) — bepul dasturiy taʼminot shartlari asosida yaratilgan bepul va ochiq manbali jahon boʻylab xaritalash loyihasi. Ushbu loyiha GPS qabul qiluvchilaridan hamda boshqa ommaviy foydalanish manbalaridan toʻplangan maʼlumotlar asosida yaratilgan.

OpenStreetMap bu butun dunyo boʻylab koʻngillilar tomonidan yaratilgan bepul jahon xaritasi loyihasidir. OpenStreetMap foydalanuvchilarga oʻz kontentini yaratadigan tuzilishga ega sanaladi, xuddi Vikipediya singari (Vikipediyadan ilhomlangan). Xaritalar GPS-treklar, sunʼiy yoʻldosh fotosuratlari hamda mahalliy hukumat tomonidan taqdim etilgan turli xil maʼlumotlarga mos ravishda yaratilgan.

OpenStreetMapdagi barcha kontent Open Database License tomonidan himoyalangan.[1]

Dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi koʻngillilar ishtirokida oʻsishda davom etayotgan OpenStreetMap, bugungi kunda koʻplab shaharlarning bepul va ochiq xaritalarini oʻz ichiga oladi.

24-fevral 2020-yil holatiga koʻra, OSMning foydalanuvchilar soni 6 137 451 tani tashkil etadi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. „OpenStreetMap data license is ODbL v1.0“. OSM Foundation (12-iyul 2012). 19-oktabr 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2012.
  2. „Number of users“. 24-yanvar 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-avgust 2015.

Havolalar[tahrir]