Şövkət Ələkbərova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Şövkət Ələkbərova
[[Fayl:
Fayl:Shovkat alakbarova portrait by farrokh fakhreddini.jpg
Farrux Fahriddiniy tomonidan olingan portret
|200px|alt=]]
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 20-oktyabr 1922
Vafoti 7-fevral 1993-yil(1993-02-07)
(70 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Janr klassik musiqa, xalq musiqasi, mug‘om
Faoliyat yillari 1937—1993-yillar

Şövkət Feyzulla qızı Ələkbərova (oʻzbekcha: Shovkat Alakbarova, 20-oktyabr 1922-yil, Boku, Ozarbayjon — 7-fevral 1993-yil, Boku) — ozarbayjon qoʻshiqchisi, Ozarbayjon SSR xalq artisti (1959).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Şövkət Ələkbərova 1922-yilning 20-oktyabrida Bokuda dunyoga keldi. Onasi qizlardan iborat orkestrda tor chalgan va qizini ham tez-tez repitetsiyaga olib borgan. Şövkətning musiqaga qiziqishi kichikligigdan shakllangan. 12 yoshida qiziqishi sababli maktabning gʻijjak cholgʻusi oʻrgatiladigan sinfiga oʻqishini koʻchiradi. Asəf Zeynallı nomidagi musiqa maktabida Hüseynqulu Sarabskining qoʻlida tahsil olgach katta sahnalarga chiqa boshladi[1].

1937-yilda badiiy jamoalar musobaqasida ishtirok etdi hamda oʻz chiqishi bilan Üzeyir Hacıbəyov, Səid Rüstəmov, Bülbül kabi Ozarbayjon sanʼatkorlarining nazariga tushdi. Boku opera teatrida oʻtkazilgan yopilish konsertida Şövkət Ələkbərova "Qarabağ şikəstəsi"ni ijro etgan va Fatma Mehrəliyeva, Gülağa Məmmədov uchligiga asos solingan[2].

1938—1945-yillarda u Ozarbayjon davlat Ashula va raqs ansamblining yakkaxon qoʻshiqchisi sifatida faoliyat yuritdi. 1945-yildan Ozarbayjon davlat filarmoniyasida solist boʻldi. Şövkət Ələkbərovaning shu davrdan boshlab ijro etgan mugʻom, xalq qoʻshiqlari, ashulalar mashhur boʻla boshladi.

Şövkət Ələkbərova 1993-yilning 7-fevralida 70 yoshda vafot etdi[3].


Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Axşam (Qaş qaralır)
  • Ayrılıq
  • Aldatmayaq bir-birimizi
  • Ay Qız
  • Ağlaya-ağlaya
  • Bir könül sındırmışam
  • Bakı
  • Dərələr
  • Gəl səhərim
  • Gedək üzü küləyə
  • Oxu gözəl
  • Sən mənim, mən sənin
  • Sənsən ürəyim
  • Səslərəm səni
  • Kəsmə şikəstə
  • Küsüb məndən
  • Lay-lay
Şövkət Ələkbərova byusti
  • İnanmıram
  • Təkcə ümid qalsın
  • Tez gəl
  • Töhfə
  • Mirzə-hüseyn segahı
  • Məhəbbət
  • Ola bilməz
  • Vağzalı çalınır
  • Fizuli Kantatası
  • Yavaş-yavaş
  • Hardasan
  • va boshqalar

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Doğma xalqıma (film, 1954)
  • Payız konserti (film, 1962)
  • Oxuyur Şövkət Ələkbərova (film, 1970)
  • Azərbaycan elləri (film, 1976)
  • Səs (film, 1988)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]