Ömer Faruk Yurtseven

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘mer Faruk Yurtseven
№. 77 – Miami Heat
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 1998-yil 19-iyun
Toshkent, O‘zbekiston
Karyera maʼlumoti
Kollej NC Stat Wolfpack (2016-2018)
Oʻyin karyerasi

Fenerbahche (2013-2016)

Miami Heat 2021--hozirgacha
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash NBA.com saytida
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash Basketball-Reference.com saytida

O‘mer Faruk Yurtseven (1998-yil 19-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — turkiyalik basketbolchi, NBA jamoalaridan biri boʻlgan Mayami Heat jamoasida asosiy pozitsiyada oʻynaydi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2015-yilning 5-oktabrida Fenerbahche tarkibida, Barclays Centerda Bruklin Netsga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘mer Faruk jamoasi Bruklin Netsni yutish uchun 15 daqiqa vaqt sarfladi va oʻyinni 8 ochko, 7 ribaund va 1 blok bilan yakunladi. Shu sanada u NBAning mavsumoldi oʻyinida oʻynagan eng yosh o‘yinchiga aylanadi.

U 2014 -yilda oʻtkazilgan FIBA 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa basketbol chempionatining eng yaxshi 5 taligi uchun tanlab olindi[2]. 2015-yilning 20-martida u Fenerbahche tarkibida Emporio Armani Milanoga qarshi Yevroligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi va 2 ochko qo‘lga kiritdi[3]. 2016-yilda u AQShga borganligi sababli ustozi Jelko Obradovich tomonidan tanqidga uchragan. 2020-yil NBA loyihasiga tanlab olinmagan. Oradan bir yil o‘tgach, 2021-yilgi NBA loyihasida ishtirok etdi va yana tanlanmadi. U NBA yozgi ligasi davomida sinov uchun NBA jamoalaridan biri bo‘lgan Miami Heat bilan shartnoma tuzdi. Yozgi ligadagi oʻyini bilan esa, u 2021-yilda Miami Heat bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Son dakika - Miami Heat, Ömer Faruk Yurtseven'i kadrosuna kattı! - Basketbol - Spor Haberleri“. www.milliyet.com.tr. 14 mayıs 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 mayıs 2021.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 9 eylül 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 nisan 2015.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 nisan 2015.
  4. „Ӧmer Yurtseven Signs With HEAT“ (İngilizce). Miami Heat. 7 aralık 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 haziran 2022.