Çağhan Kızıl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çağhan Kızıl
Tavalludi 14-oktyabr 1981-yil (1981-10-14) (42 yosh)
Zonguldak, Turkiya
Sohasi Neyrologiya
Genetika
Funktsional genomika
Ish joylari
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Christiane Nüsslein-Volhard
Mashhur ishlari Neyron ildiz hujayralari
Danio rerio
Alzheimer kasalligi
Veb-sayt neurology.columbia.edu/profile/caghan-kizil-phd
kizillab.org

Çağhan Kızıl (1981-yil 14-oktabrda tugʻilgan) turk va nemis nevrologi va genetigi. Taub instituti nevrologiya fanlari dotsenti hamda Columbia University Vagelos College of Physicians and Surgeons kolleji qoshidagi Columbia University Irving Medical Center markazida miya qarishi bilan bogʻliq tadqiqotlar olib borgan[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning faoliyati genetika, neyrologiya, hujayra biologiyasi, neyroimmunologiya, biotexnologiya va dori vositalarini ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan fanlararo tadqiqotlardan iborat. Uning jamoasi, asosan, kattalar miyasining neyrodegenerativ kasalliklarga bardosh berishi va qayta tiklanishida zebrafishdan foydalanishga eʼtibor qaratgan. Avvalo kattalar zebrafish miyasining Altsgeymer modelini yaratib[3][4], va bu modeldagi ildiz hujayra plastisiyasini bir hujayrali sekvensiyaga asoslangan tadqiqotini oʻtkazish orqali[5][6][7] miya regenerativ nerv ildiz hujayralarining plastisiyasini qoʻzgʻatish va zebrafish miyasida Altsgeymer kasalligi bilan bogʻliq inson genlarining funktsiyalarini aniqlashga yordam beruvchi molekulyar dasturlarni oʻrganishni maqsad qilgan[8]. Shuningdek, u dori industriyasiga hissa qoʻshgan in vitro platformasi boʻlmish, 3D inson miyasi modellari kabi sutemizuvchilar miyasida qiyosiy tadqiqotlarda ishlatiladigan vositalarni ishlab chiqqan[9][10].

Çağhan Kızıl Helmholtz assotsiatsiyasi tarkibidagi Nemis neyrodegenerativ kasalliklar markazida Helmgolts tadqiqot guruhini boshqargan[11][12]. Soʻngra 2013-yilda Helmholtz Young investigator mukofotini olganidan soʻng oʻz laboratoriyasini ochgan[13][14][15]. 2014 yilda Turkiya Oliy Taʼlim Kengashida dotsentlik dissertatsiyasini yoqladi. 2019-yil Helmgolts uyushmasi doirasida DZNE Drezdenda guruh rahbari sifatida ham faoliyat olib borgan. U neyrologik kasalliklar uchun 3D yuqori oʻtkazuvchanlikdagi dori skrining platformasiga ixtisoslashgan Neuron-D GmbH[16] neyrodegenerativ kasalliklar markaziga asos solgan[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Announcement for Visiting Position and Award“, LinkedIn, April 23, 2021
  2. „Department of Neurology Faculty Profile“, Columbia University, November 23, 2022
  3. „Advances in Alzheimer’s research by Dr. Çağhan Kızıl and his research group, TU Dresden press release“, TU Dresden, April 22, 2019
  4. Bhattarai, P. (2016). "IL4/STAT6 Signaling Activates Neural Stem Cell Proliferation and Neurogenesis upon Amyloid-β42 Aggregation in Adult Zebrafish Brain". Cell Reports 17 (4): 941–948. doi:10.1016/j.celrep.2016.09.075. PMID 27760324. 
  5. „How fish brain cells react to Alzheimer’s disease, DZNE press release“, German Center for Neurodegenerative Diseases (DZNE), Helmholtz Association, April 23, 2019
  6. Cosacak, M. I. (2019). "Single-Cell Transcriptomics Analyses of Neural Stem Cell Heterogeneity and Contextual Plasticity in a Zebrafish Brain Model of Amyloid Toxicity". Cell Reports 27 (4): 1307–1318. doi:10.1016/j.celrep.2019.03.090. PMID 31018142. 
  7. Bhattarai, P. (2020). "Neuron-glia interaction through Serotonin-BDNF-NGFR axis enables regenerative neurogenesis in Alzheimer's model of adult zebrafish brain". PLOS Biology 18 (1): e3000585. doi:10.1371/journal.pbio.3000585. PMID 31905199. PMC 6964913. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6964913. 
  8. „Missing Link Between Alzheimer’s and Vascular Disease Found?“, Columbia University Irving Medical Center Newsroom, May 24, 2022
  9. „Alzheimer’s in mini format“, DZNE Press release, April 22, 2019
  10. Papadimitriou, C. (2018). "3D Culture Method for Alzheimer's Disease Modeling Reveals Interleukin-4 Rescues Aβ42-Induced Loss of Human Neural Stem Cell Plasticity". Developmental Cell 46 (1): 85–101. doi:10.1016/j.devcel.2018.06.005. PMID 29974866. 
  11. „Çağhan Kızıl’s website — DZNE“, DZNE, April 22, 2019
  12. „Kizil Lab’s website — Kizil Lab“, Kizil Lab, April 22, 2019
  13. „1.7 million Euros for young Dresden based researcher“, DZNE Press release, April 22, 2019
  14. „New Helmholtz young investigators“, Helmholtz Association, April 22, 2019
  15. „Zebra Balığı Alzheimer’dan Çıkış Yolumuz mu? | Çağhan KIZIL | TEDxAnkara“, TEDx Ankara, February 20, 2019
  16. "DZNEʼs First Spin-off „Neuron-D“ Uses Innovative Technology for Drug Testing", DZNE Press release, March 18, 2021
  17. „NEURON-D by DZNE, Video“, DZNE introduction video, March 18, 2021

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]