Ángel Patrick
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ángel Rogelio Patrick Garth | ||
Tavallud sanasi | 27-fevral 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Panama | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
Cafetaleros de Tapachula (Árabe Unidodan ijaraga]]) | ||
Raqami | 4 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010- | Árabe Unido | 87 | (2) |
2017- |
→ Cafetaleros de Tapachula (ijara) | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2014- | Panama | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-iyul 2018-yil uchun) |
Ángel Rogelio Patrick Garth (talaffuzi: Anxel Rogelio Patrik Gart) — 1992-yil 27-fevralda tavallud topgan. Panamalik futbolchi, yarim himoyachi hisoblanib, „Arabe Unido“ klubi va Panama terma jamoasida toʻp surgan.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ángel Rogelio Patrick Garth „Arabe Unido“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2011-yil 30-yanvarda „San-Fransisco“ga qarshi oʻyinda u chempionatda debyut qilgan[1]. 2012-yilning 29-iyulida Plaza Amadorga qarshi kechgan bahsda Ángel Rogelio Patrick Garth Unido uchun birinchi golini urgan[2]. Oʻsha yili Arabe bilan Panama chempioni boʻlgan. 2015-yilda Ángel Rogelio Patrick Garth ikkinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yil 21-avgust kuni Kubaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Ángel Rogelio Patrick Garth Panama terma jamoasi safida debyut qilgan[3]. 2014-yil 20-avgust kuni Kubaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga murabbiy Ernan Dario Gomes tomonidan Panama terma jamoasi safiga ilk bor chaqirilgan. Uchrashuv panamaliklarning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi. U 2014-yildan beri Panama terma jamoasida beshta oʻyinda qatnashgan.
2015-yilda Ángel Rogelio Patrick Garth CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan. Biroq, turnir davomida u birorta oʻyinga kiritilmagan.
2017-yilning 22-iyunida u 2017-yilgi oltin kubok uchun milliy tarkibga chaqirilgan 23 nafar futbolchidan biri hisoblangan. Shu yili Ángel Rogelio Patrick Garth ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Nikaragua va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[4][5].
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Árabe Unido | ![]() |
2010—2017 | 86 | 3 |
Cafetaleros de Tapachula | ![]() |
2017 | 7 | 0 |
Árabe Unido | ![]() |
2018—2019 | 4 | 0 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Арабе Унидо VS. Сан-Франциско 2:0“ (ru). soccerway.com (30-yanvar 2011-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
- ↑ „Пласа Амадор VS. Арабе Унидо 2:2“ (ru). soccerway.com (29-iyul 2012-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
- ↑ „Панама VS. Куба 4:0“ (ru). soccerway.com (21-avgust 2014-yil). 21-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
- ↑ „США VS. Никарагуа 2:1“ (en). soccerway.com (13-iyul 2017-yil). 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2017-yil.
- ↑ „Коста-Рика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (20-iyul 2017-yil). 28-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2017-yil.