"Tojikiston qahramoni" unvoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xoʻjand tarixiy muzeyidagi „Tojikiston qahramonlari“ surati

Tojikiston Qahramoni – Tojikiston Respublikasining davlat va xalq oldidagi xizmatlari uchun beriladigan oliy davlat unvoni. Ushbu unvon Tohikiston Respublikasining ozodligi, istiqloli va rivoji uchun harbiy yoʻnalish hamda mehnati bilan qahramonlik qilgan fuqarolarga topshiriladi. Boshqa faxriy unvonlar bilan bir qatorda Tojikiston Qahramoni unvoni ham 31-iyul 2001-yil qabul qilingan № 29 „Tojikiston Respublikasi davlat mukofotlari haqida“gi Qonunda joriy etilgan.

Tojikiston qahramonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sadriddin Ayniy (1878-1954) – yozuvchi, olim va zamonaviy tojik adabiyotining asoschisi. Tojikiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti. 1997 yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  2. Bobojon Gʻofurov (1909-1977) – olim, SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, partiya va davlat arbobi, „Tojikon“ kitobi muallifi. 1997 yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  3. Imomali Rahmon – siyosatchi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti . 1999 yilda Tojikiston Respublikasida mustaqil davlatchilikni mustahkamlash va tinchlikni saqlash uchun Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].
  4. Mirzo Tursunzoda (1911-1977) – shoir, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. 2001 yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  5. Nusratullo Maxsum Lutfulloev (1881-1938) – jamoat va partiya xodimi. 2006 yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  6. Shirinshoh Shohtemur (1899-1937) – jamoat va partiya xodimi. 2006 yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Муҳимтарин саҳифаҳои таърихи халқи тоҷик(Tojik xalqining eng muhim tarixiy sahifalari)./Мураттибон: Ҳотамов Н. Б., Саъдиев Ш. С. Нашри дуюм. — Душанбе,2010. — С.14